VII Yosh olimlarning ilmiy-amaliy anjumani «Tibbiyotda innovatsiyalar: yosh olimlar nazari»

Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy o’sish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi Qaroriga (PQ-2090) muvofiq Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinatorlar va yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida yosh olimlarning navbatdagi ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Anjuman 2018 yil 11 aprelda Xalqaro Biznes Markazida bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanning dasturiga 30 ma`ruza va 17 poster taqdimotlari kiritilgan bo’lib, ular Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent Davlat stomatologiya instituti, Samarqand, Buxoro, Andijon tibbiyot institutlari yosh olimlari tomonidan taqdim etiladi. Anjuman to’plamida 596 tezis chop etilgan.

Ushbu anjumanning asosiy maqsadi — talaba va yosh olimlarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy ilmning dolzarb masalalarini yechishga jalb etish, yagona ilmiy-ta`lim sohasini saqlab qolish va rivojlantirish, bo’lajak hamkasblar bilan muomalani shakllantirish O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi” qonuni va chet tilida tizimli ta`lim oladigan kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi doirasida amalga oshirish.

O’tkazilgan tadbirning istiqbollari har tomonlama yetuk, yuqori malakali, zamonaviy fikrlay oladigan avlodni shakllantirish va keyinchalik Respublikamizni jahon progressiv hamjamiyatiga kiritishdan iborat.

Ushbu anjuman Toshkent tibbiyot akademeyasining tashabbusi ostida 3 qismga bo’lib o’tdi: plenar, poster va seksion bo’limlar.

Anjuman juda qiziqarli bo’lib o’tdi, yakunda TTA rektori prof. L.N. Tuychiev boshchiligi ostida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.


Fotolavhalar:

Plenar ma`ruzalar:


Seksion ma`ruzalar:


Taqdirlash marosimi:

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan