Эълон

Hurmatli__________________________________________________!

2019 yil 22 may oyida Аbu Аli ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar ilmiy jamiyatining (TIJ) navbatdagi XXVII Ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan Sizni anjuman ishida qatnashish uchun taklif etamiz.

Ushbu anjuman ishida  sizning institutizda tahsil olayotgan iqtidorli talabalari, shuningdek magistratura talabalari qatnashishlari mumkin.

XXVII Ilmiy-amaliy konferentsiya dasturi.

  1. Onalik va bolalikni muhofaza qilish muammolari.
  2. Xirurgik fanlar muammolari.
  3. Terapevtik fanlar muammolari.
  4. Tibbiy-biologik fanlar muammolari.
  5. Tibbiy-profilaktik fanlar muammolari.
  6. Stomatologik fanlar muammolari.

Qatnashish istagida bo’lganlar ma’ruzalar tezislarini quyidagi talablarga muvofiq topshirishlari so’raladi:

Tezislar TNR formatda, 12 shriftda, 1 intervalda, tepadan va pastdan 2 smdan o’ngdan 3 sm, chapdan 1,5 sm qoldirilgan holda yoziladi. Tezis hajmi 1 bet.

Tezislar mavzusi bosh harflar bilan yoziladi, keyingi satrda tezis muallifi familiyasi va initsiallari ko’rsatiladi (talabaning fakulьteti va kursi, magistratura talabasining ta’lim yo’nalishi va kafedrasi, klinik ordinatorning mutaxassisligi va kafedrasi, tayanch doktorantlar va yosh olimlarning faqat kafedrasi ko’rsatiladi). Talabalar va magistratura talabalarining ilmiy rahbarlari keyingi satrda ko’rsatiladi, klinik ordinatorlar, tayanch doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy rahbarlari ko’rsatilmaydi.

Tezislar quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: maqsad, material va usullar, olingan natijalar, xulosalar.  Matnda jadvallar, diagrammalar rasmlar bo’lmasligi lozim.  Аdabiyotlar ro’yxati ilova qilinmaydi.Tezislar chop etish BEPUL.

Qabul qilish muddati: 2019 yil 31 martgacha.

Tezislar elektron va qog’oz ko’rinishda ilmiy ishlar bo’yicha prorektoriga topshiriladi.

TIJ kengashi.

Manzil: O’zbekiston, Buxoro shaxri, Navoiy shox ko’chasi, 1uy, Buxoro davlat tibbiyot instituti

Telefon(94)5442112

Telegramm: (94)5442112

E.mail:conference-2018@mail.ru

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan