Magistratura va Klinik ordinatura bo‘limi

Имамов Абдураҳмон Абдуганиевич

Imamov Abdurahmon Abduganiyevich

Magistratura bo‘limi boshlig‘i

Tel: +998(71)  214-89-30

E-mail: Magistratura@tma.uz, abduraxmon.imamov@tma.uz


Magistratura bo‘limining asosiy bajaradigan vazifalari:

  • Magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz taʼlim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
  • Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va maʼmuriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
  • Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli taʼlim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
  • O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
  • Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
  • Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
  • Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
  • Magistratura talabalari orasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
  • Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
  • Magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
  • Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.

Ильясова Наргиза Хамидуллаевна

Ilyasova Nargiza Xamidullayevna

Magistratura bo‘limi uslubchisi

Tel: +998 (71) 214-89-30

E-mail: Magistrarura.dekanat@mail.ru

 


Magistratura – aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriatdan keyin uning negizida taʼlim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.

Magistrant – har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy maʼlumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lgan yetuk insondir.

Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari

– Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz taʼlim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.

– Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va maʼmuriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

– Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli taʼlim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

– O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.

– Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.

– Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.

– Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.

– Magistratura talabalari orasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.

– Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

– Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.

–              Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1998 yil 30 oktabr 305 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Magistratura haqidagi Nizom asosida sobiq 1 va 2 ToshDavTI qoshida magistratura fakultetlari tashkil qilinib faoliyat ko‘rsatgan. Fakultetlarga professorlar Rasul-Zade YU.G., Yakubov A.V. raxbarlik qilgan. 2005 yil 19 iyunda sobiq 1 va 2 ToshDavTIlari birlashtirilib Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil qilinishi munosibati bilan TTA magistratura fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani lavozimida 2005 yilda professor Rasul-Zade YU.G., 2005-2008 yy. professor Mamatkulov B.M. faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007 yil 10 sentabr 190-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim Vazirligining 2008 yil 18 fevral 34-sonli buyrug‘i va Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 2008 yil 20 may 106-sonli buyrug‘i asosida 2008 yil 1 yanvarda Magistratura bo‘limi tashkil topdi. Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida 2008-2011yy. dotsent Malikova G.B., 2011-2013 yillarda professor Raxmonova L.K., 2013-2014 yillarda dotsent Boymuradov SH.A lar rahbarlik qilishdi. 2014 yildan hozirgi kungacha dotsent Imamov A.A. magistratura bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.

Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiyot sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91 sonli Qaroriga muvofiq TTA tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Akademiya kafedralarida magistratura o‘quv rejasidagi fanlarni olib borish va o‘tkazish uchun zaruriy o‘quv laboratoriyalari va xonalari majud bo‘lib, ular yetarli darajada zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, universitetda mashg‘ulotlar olib borish uchun 45 ta multimedia sinflari, 52 ta kompyuter sinflari, va 43 ta o‘quv va o‘quv-ilmiy laborotoriya xonalari mavjud.
TTA da magistratura talabalarining mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitlar yetarli, jumladan universitet 45 mbit/s (tas-ix), 8 mbit/s (tashqi kanal) tezlikda internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan 3 ta elektron kutubxona va kafedralardagi 52 ta kompyuter sinflari mavjud. Bundan tashqari, universitet hududida internetga ulanish uchun simsiz aloqa vositalari (wi-fi) o‘rnatilgan.

Universitetning http://www.tma.uz  sayti orqali elektron axborot resurslari bazasi (https://www.library.tma.uz),Ziyonet taʼlim portaliga http://www.ziyonet.uz, Respublika axborot-kutubxona tizimlaridan va boshqa oliy taʼlim muassasalalari saytlaridan hamda mahalliy va xalqaro ilmiy axborotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.


1-kurs magistratrlik dissertatsiyalari mavzulari

Магистратрлик диссертациялари мавзулари 2017-2018


Magistratura talabalari tomonidan tayyorlanayotgan Magistrlik dissertatsiyalari mavzular 


2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalri kafedralararo aprobatsiyasidan o‘tkazish

2018-2019 magistratrlik dissertatsiyalari mavzulari


Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bo‘limida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistrantlar taʼlim oladilar.

Shifr Mutaxassislik nomi
5А510101 Акушерлик ва гинекология
5А510102 Эндокринология
5А510103 Терапия (йуналишлар бўйича)
Терапия (ички касалликлар)
Терапия (гематология ва трансфузиология)
Терапия (реабилиталогия)
5А510104 Оториноларингология
5А510105 Кардиология
5А510106 Офтальмология
5А510107 Юқумли касалликлар (йуналишлар бўйича)
Юқумли  касалликлари (умумий)
Юқумли касалликлар (болалар юқумли касалликлари)
Юқумли касалликлар (фтизиатрия)
5А510108 Дерматовенерология
5А510109 Неврология
5А510110 Умумий онкология
5А510111 Психиатрия
5А510112 Хирургия (йуналишлар буйича)
Хирургия(умумий хирургия)
Хирургия (торакал хирургия)
5А510113 Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (йуналишлар буйича)
Ташхиснинг   инструментал ва функционал усуллари (тиббий генетика)
Ташҳиснинг инструментал ва функционал усуллари (тиббий биохимия)
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (бактериология ва вирусология)
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (клиник лаборатор диагностика)
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (тиббий радиология)
5А510114 Нейрохирургия
5А510115 Cоғлиқни сақлашни бошқариш ва жамоат соғлиғини сақлаш (йўналишлар бўйича)
5А510116 Тиббий психология
5А510117 Урология
5А510118 Морфология (йуналишлар буйича)
Морфология (одам анатомияси ва гистология, цитология ва эмбриология)
Морфология (нормал ва патологик физиология)
5А510119 Наркология
5А510120 Анестезиология ва реаниматология
5А510121 Травматология-ортопедия
5А510123 Суд тиббиёт экспертизаси
5А510124 Патологик анатомия
5А510125 Шошилинч тиббий ёрдам
5А510126 Фармакология
5А510127 Спорт тиббиёти
5А510128 Диетология
5А510201 Педиатрия
5А510301 Гигиена (йуналишлар буйича)
Гигиена (коммунал гигиена)
Гигиена (мехнат гигиенаси)
Гигиена (овкатланиш гигиенаси)
Гигиена (болалар ва ўсмирлар гигиенаси)
Гигиена (радиацион гигиена)
Гигиена (умумий эпидемиология)
5А510302 Атроф муҳит ва инсон саломатлиги 
5А510701 Олий хамширалик иши

 

Yillar Budjet Kontrakt Bitiruvchilar umumiy soni
2005-2006 йй. 51 152 203
2006-2007 йй. 61 159 220
2007-2008 йй. 73 164 237
2008-2009 йй. 67 195 262
2009-2010 йй. 71 213 284
2010-2011 йй. 58 191 249
2011-2012 йй. 63 207 270
2012-2013 йй. 59 224 283
2013-2014 йй. 61 215 276
2014-2015 йй. 62 208 270
2015-2016 йй. 62 175 237
2016-2017 йй. 58 177 235
2017-2018 йй. 57 156 213
2018-2019 йй. 57 182 239
Жаъми 860 2618 3478

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Magistraturasi tashkil qilingandan buyon bitirgan magistrlar soni

Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasini tugallagan talabalar hozirgi kunda Respublikamizning nufuzli tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari hamda ilmiy tekshirish institutlarida ishlab kelishmoqda.


Translate: Eng Рус