Qisqacha tarix

Turkiston davlat universiteti, tibbiyot fakulteti
(1919–1931 yy)

13 aprel 1919 yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.

17 sentabr 1919 yilda Turkiston davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida tibbiyot dekani etib professor P.P.Sitnovskiy saylangan.

1920 yilning 7 sentyabrida Turkistonda dorilfunun taʼsis etish haqidagi xujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921 yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.

1919-1921 yillarda fakultetning tashkiliy davri bo‘lib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.

Keyingi davrlarda fakultetga prof. K.G.Xruщev (1921-1924 yy.) va M.I.Slonim (1924-1926 yy.) lar rahbarlik qilganlar. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilangan bulib, klinik kafedralarda darslar o‘tilishi takomillashib borgan. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-pedagoglar tarkibiga  prof.N.I.Ragoza (ichki va yuqumli kasalliklar), A.N.Murzin (ko‘z kasalliklari), I.S.Milman (teri va tanosil kasalliklari), N.I.Osinovskiy (bolalar kasalliklari), S.A.Molchanov (rentgenologiya), G.N.Terexov (patologik anatomiya), G.I.Ilin (operativ jarrohlik), S.E.Simmerman (normal anatomiya), M.S.Astrov (fakultet jarrohligi), D.A.Vvedenskiy (urologiya) lar taklif etilgan. 1922 yilda 27 ta  talaba tibbiyot fakultetini tamomlagan.

1923 yilda  tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan bo‘lib,  ularning ko‘pchiligini (425tasini ) qizlar tashkil etgan edi.

Fakultetning rivojlanishida fakultet dekanlari P.F.Borovskiy (1926-1928 yy.), N.I.Ragoza (1928-1929 yy.) hamda G.P.Fedorov (1929-1931 yy.) lar   katta hissalarini qo‘shganlar.

Toshkent Davlat tibbiyot instituti
(1931–1990 yy.)

1931 yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga shakllantirilgan. 1931 yilda  uning birinchi direktori lavozimiga  G.P.Fedorov tayinlangan, shu yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan  X.U.Umarov institut direktori etib tayinlangan.

1932 yilga kelib 177 ta o‘qituvchi, shundan 25 ta professor, 26 ta dotsent, 104 assistent 1099 ta talabaga tahsil berar edi.

1932 yildan 1936 yilgacha institutga B.Sattarov raxbarlik qilgan.

1935 yilda O‘rta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb nomlana boshlagan.

1937 yilga kelib institutda 1400 ta talaba tahsil olar edi.

1938 yilda institutga M.U.Mirsagatov rektor lavozimiga tayinlangan. Ushbu davrga kelib Respublika rahbariyati institutga katta mablag‘ ajratgan bulib, ko‘pgina yangi klinik binolar (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, protezlash ortopediyasi) qurilib, mavjudlari esa katta mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Institut maydoni yangi qurilgan binolar, klinikalar hisobiga 2 barobarga kengaygan.

1940 yilda institutga  B.I.Berliner, 1941 yilda  R.I.Po‘latov rektor lavozimiga tayinlangan.

1941-1945 yillarda Ulug‘ Vatan urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakogospitallar ochilgan  va ayrim professor-o‘qituvchilar frontga jo‘nab ketishgan. Ular orasida D.A.Vvedenskiy, L.D.Vasilenko, A.M.Geller, B.A.Stekolnikov va boshqalar bor edi.

1944 yilda  institutga Ya.K.Mo‘minov rektor lavozimiga tayinlangan.

Ulug Vatan Urushi yillarida Toshkent Davlat tibbiyot institutida 2122 vrach tayyorlangan bo‘lsa ulardan 1630 tasi frontga ketgan. Ular orasida M.A.Ashrapova, M.Muxarramova, S.A.Fayziyev, N.K.Axmedov, M.Akmalov, U.Umarov, V.S.Karuxina, L.I.Vaskovskaya, L.E.Sturgatskaya, S.A.Dopimov, F.F.Amirov, N.D.Maxsumov, N.A.Kanbulin va boshqalar bor edi.

ToshDavTIning tarixi satrlariga  urushda halok bo‘lgan A.A.Ayrapetov, R.L.Aminov, A.Yu.Gulqorov, G.D.Muxanov, V.I.Majitov, R.S.Oripov, N.G.Raщenko, Z.S.Rjevsiy, U.Z.Umarova va U.Xikmatxo‘jayevlarning xotirasi zarhal harflar bilan bitilgan.

1945 yilda  institutga H.Z.Zoxidov rektor lavozimiga tayinlangan. Urushdan keyin institutda o‘qish 6 yil qilib belgilangan. Bu davrga kelib professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi o‘quv dasturlari yaratilgan. Institut yangi maxsus tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

1945-1946 yillarda  fakultetlarda jami 2752 talaba tahsil olgan bo‘lsa, shulardan 600 tasi institutga yangi qabul qilingan 1 kurs talabalari edi. Institutda darslar o‘zbek va  rus tillarida olib borilar edi.

1947 yilda institutga Ya.H.To‘raqulov rektor lavozimiga tayinlangan. Institut ushbu yillarda tibbiyotning 12 ta katta muammoli masalalar bo‘yicha maqsadli ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan edi.

TashDavTIga 1950 yilda A.G‘.G‘ulomov rektor lavozimiga tayinlangan va u 15 yil davomida 1965 yilgacha institutga raxbarlik kilgan.

1945-1953 yillarda talabalar soni  2752 tadan 3158 tagacha ko‘paygan.

1954 yilda  institutda stomatologiya fakulteti qayta ochilgan.

1960 yillarning o‘rtalariga kelib, institutda 57 ta fan doktori, 18 ta Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, 13ta xizmat ko‘rsatgan vrach, 2 ta O‘zbekiston fanlar Akademiyasining muhbir aʼzolari (A.A.Asqarov, N.I.Ismoilov) va 2 ta sobiq SSSR tibbiyot fanlari akademiyasi muhbir aʼzolari (Z.I.Umidov, E.I.Ataxanov) faoliyat ko‘rsatganlar. 57 nafar professorlardan 22 tasi o‘zbek millatiga mansub  edi.

1962 yildan institutda Osiyo, Afrika, Lotin Amerika davlatlaridan talabalar kelib  o‘qiy boshlagan.

1960-1967 yillarda institutda kechki davolash fakulteti faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1961 yilda 4000 ta talabadan 2395 tasi o‘zbek millatiga mansub qizlar  edi.

1965 yilning sentyabrida institutga akademik K.A.Zufarov rektor lavozimiga tayinlangan.

1971 yilda akademik K.A.Zufarov Ulka tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanishi munosabati bilan institutga akademik U.A.Aripov rektor etib tayinlangan va u 1984 yilgacha institutga rahbarlik qilgan.

1972 yilda institutning 2 ta davolash, pediatriya, sanitariya-gigiyena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ziyod  talaba taʼlim olgan bo‘lsa, shu yili 1 – kursga 1500 ta talaba qabul qilingan.

O‘zbekistonning yarim aholisini bolalar tashkil etganligini inobatga olib 1972 yilda mustaqil O‘rta Osiyo pediatriya instituti, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilgan  va ToshDavTI pediatriya fakulteti talabalari yangi tashkil etilgan institutga o‘tkazilgan.

ToshDavTIga 1961 yilda xorijiy davlatlardan 22 ta talaba qabul qilingan bo‘lsa,  1980 yillarga kelib ularning soni 170 tadan oshib ketgan. Bu institutning xalqaro miqyosidagi obro‘-eʼtibori    oshganligini ko‘rsatgan.

1980 yillarning oxirlariga kelib institutda professor-o‘qituvchilarning soni 1042 tani, shu jumladan 6 ta akademik, 24 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, 90 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar, 207 ta  tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsentlar talabalarga taʼlim-tarbiya berishgan.

Ushbu davrda institutdagi o‘quv, o‘quv – uslubiy, ilmiy, davlat ishlari va xalqaro aloqalar yanada yaxshilangan. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha va Rossiyaning yetakchi tibbiyot oliygoxlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 1984 yilda  institutga rektor lavozimiga  professor O.S.Maxmudov tayinlangan. 1987 yilda tanlov  asosida professor N.X.Shomirzayev rektor etib tayinlangan. Ushbu yillarda institutda talabalar Rossiya va Ukrainaning yetakchi tibbiyot oliygoxlariga ham ukishga qabul qilina boshlangan.  2 yil mobaynida ularning soni 2000ta  talabadan ziyod bulgan.

Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari

1990 yilga kelib bir necha o‘quv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tug‘ilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki kismga  – birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xakida  1990 yil 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.

Institut ikkiga ajratilgandan so‘ng, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga  O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi professor T.A.Daminov, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga  professor X.Yo.Karimov tayinlanganlar.

Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida  ikkita fakultet – davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiyena fakultetlari mavjud edi.

Filiallar va malaka oshirish markazi

1992 yil  mart oyida Urganch shahrida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining filiali ochilgan. 1992 yilning  mart oyida Farg‘ona shahrida Farg‘ona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi ochilgan (sanitariya –gigiyena fakulteti) keyinchalik ushbu markaz Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti filialiga aylantirilgan. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida yangi  o‘qituvchilar malakasini oshirish  fakulteti tashkil etilgan.  Keyinchalik  ushbu fakultet  1998 yilda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarini  malakasini  oshirish Markazi deb nomlangan.  Ikki institutda ham 1998 yildan  umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash dasturiga o‘tilgan. 2000 yilda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni hamda mutaxassis shifokorlarni tayyorlash maksadida  magistratura yunalishi tashkillashtirilgan.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va  o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur  o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor  taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, bo‘lg‘usi mutaxassislar tayyorlanishini  tibbiyot amaliyotining muayyan ko‘nikmalari bilan bir vaktda  egallashlarini uzviy bog‘lash maqsadida tashkil etilgan.

Translate: Eng Рус