Tel:+998 71 150-7834
 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Худайқулов-Д.ХXudoyqulov Do’stmurod Xidirovich

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:

Tel.: 71-214-92-26, 90-917-86-83, Email: manaviyat@tma.uz, Manaviyat2014@mail.ru

Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi Akademiyada olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlartayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Umumiy qoidalar
Bo‘lim akademiya rektorining buyrug‘i asosida tuziladi;
Bo‘limning ishchi guruhi akademiyaning ushbu soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilardan tarkib topadi;
Bo‘lim ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi;
O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari kafedra ham guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
Bo‘limning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olibborilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olibboriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
Akademiyada ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
Bo‘limning huquqlari:
Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiyi shlarni nazorat qilish;
Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyrug‘lari ham ko‘rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini nazorat qilish,
Dekanning ma’naviy-axloqiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalaridan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘ztavsiyalari bilan qatnashadi.
Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namunako‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.

 

Translate: Eng, Рус