Tel:+998 71 150-7834
 

Marketing bo’limi

Bo‘lim haqida
Marketing bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasining mustaqil tarkibiy tuzulmasi hisoblanib bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Bo‘lim missiyasi
Marketing bo‘limining missiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasining brendi hamda ta’lim dasturlarini olg‘a surish bo‘lib hisoblanadi.

Bo‘lim vazifalari
Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalardagi tashkilotlarga maqsadli to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish.
TTAdagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olish imkoniyatlari hamda bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasini respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlash.
Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari portfoliosini shakllantirish, TTA bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni ish bilan bandligi monitoringini olib borish.

Bo‘lim normativ xujjatlari
TTA marketing bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi xujjatlarga asoslangan holda amalga oshiradi:
Tashqi normativ xujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, boshqaruv va normativ xujjatlari;
Ichki normativ xujjatlar: Toshkent tibbiyot akademiyasi ustavi, ichki mehnat tartib qoidalari, akademiyaning mahalliy normativ aktlari (instruksiya, standart va b.), rektor buyruqlari, bo‘lim dasturlari va rejalari hamda Marketing bo‘limi Nizomi.

Bo‘lim boshlig‘i: Madjidov Alisher Shavkatovich
Tel.: (+99871) 214-90-59
Mobil: (+99899) 804-90-59
Faks: (+99871) 214-90-59

E-mail: marketing@tma.uz
E-mail: alisher.madjidov@tma.uz

Shartnomalarni rasmiylashtirish guruhi katta nazoratchi: To‘laganova Mahfuza Axborovna

Shartnomalarni rasmiylashtirish guruhi inspektori: Tursunova Dildora Ismoilovna

Shartnomalarni rasmiylashtirish guruhi inspektori: Yoqubova Dilfuza Muxiddinxodjaevna

Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektor: Kan Valentina Mixaylovna

Bizning manzil:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobi ko‘chasi 2-uy, 100109
2-o‘quv binosi, 2 qavat
Tel./faks: (+99871) 214-90-59
Email: marketing@tma.uz

Translate: Рус