Tel:+998 71 150-7834
 

Fakultetlar

Davolash fakulteti

Fakultetda Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli umumiy amaliyot vrachlari tayyorlanadi.
Fakultetda ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish muddati 7 yil.
Ta’limning dastlabki 5 yilida talabalar tibbiy–biologik, paraklinik, gumanitar yo‘nalishlaridagi
fanlar bo‘yicha tahsil oladilar. O‘qishning 6 va 7 bosqichlarida talabalarga «Umumiy amaliyot vrachi»
mutaxassisligi o‘quv dasturi bo‘yicha bilim beriladi.
Fakultet bitiruvchilariga «Umumiy amaliyot vrachi» mutaxassisligi beriladi va ular tanlagan ixtisosligi
bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Zufarov Po’lat Soatovich

Tibbiy-pedagogika fakulteti

Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 7 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘qishni tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada davom ettirishlari ham mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Hamrayev Abror Asrarovich

Tibbiy-profilaktika fakulteti

Fakultet – umumiy vrach gigienist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakuletet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Kulmanova Munojat Usmanovna

Oliy ma‘lumotli hamshiralar fakulteti

Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishi yoki quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini olib borishi
mumkin:
– tibbiyot kollejlarda ta’lim ishi;
– yetakchi jarrohlik hamshirasi;
– yetakchi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi;
– tug‘ruq bloklarida (komplekslari) akusherka;
– bosh hamshira (hamshiralik ishida menejment).
O‘qish davomiyligi 3 yil.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Bakieva Shahlo Hamidullaevna

Malaka oshirish fakulteti

Malaka oshirish fakulteti TTA qoshida № 243-sonli buyruq 2015 yil 20 avgust oyida boshlab faoliyat ko’rsata boshladi.

Malaka oshirish fakultetiga № 322-sonli buyruq 2015 yil 30 oktyabrdan boshlab davolash fakulteti “Fakultet va gospetil jarroxlik” kafedrasining katta o’qituvchisi Irnazarov Akmal Abdullaevich dekanlik lavozimiga tayinlandi.

Fakultet tarkibiga 2016 yil 4 mart  № 87-sonli buyruq asosida 5 ta kafedra kiritildi.

Bular:

  1. UASH qayta tayorlash va malakasini oshirish kafedrasi.
  2. 4 va 5 kurslar bo’yicha akushrerlik va ginikalogiya kafedrasi.
  3. Teri tanosil kassaliklari kafedrasi.
  4. Travmatologiya-ortapediya, XDJ va neyroxirurgiya – 1 kafedrasi.
  5. UASH tayorlash ichki kassaliklari va klinik allergologiya kafedralaridir.

Bu kafedralarda 7 nafar professor, 14 nafar dotsent va 63 nafar katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat ko’rsatmoqda.

UASH qayta tayorlash va malaka oshirish kafedrasi 2015 yil 6 oktyabr       № 285-sonli buyruq asosida kafedra mudiri etib Dadabaeva Ra’no Qudratovna etib tayinlandi. Kafedrada 2 yafar dotsent, 5 nafar kattda o’qituvchi, 15 nafar assistant faoliyat ko’rsatmoqda.

Salomatlik – 3 loyixasi bo’yicha UASH qayta tayorlash va malaka oshirish kafedrasida 154 nafar tinglovchi – kursantlar 10 oylik kurslarda taxsil olmoqdalar.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari dekani, dotsent Irnazarov Akmal Abdullaevich

Harbiy-tibbiy fakultet

Fakultet tibbiy xizmat ofitserlarini, rezerv va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Fakultetga davolash fakultetining 5 kurs bitiruvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.

Fakultet boshlig’i: polkovnik Sobirov Jahongir Ro’zievich

Fakultetning rasmiy sayti >>>

Translate: Eng, Рус