Tel:+998 71 150-7834
 

Interaktiv muammoli-ochiq dars bo’lib o’tdi.

featured-image

Bugun 07.11.2015 kuni Anatomiya va OXTA kafedrasida Sagatov T.A. tashabbusi bilan Gulmanov I.Dj. boshchiligida davolash fakulteti 410-guruh talabalari bilan birgalikda interaktiv tarzda muammoli-ochiq dars bo’lib o’tdi.
Dars juda ham qiziqarli bo’lib, unda akademiyamizning ko’plab professor-o’qituvchilari, ko’plab kafedralar vakillari, hamda malaka oshirishdagi boshqa o’qituvchi-professorlar va albatta ko’plab talabalar ishtirok etishdi.
Ushbu darsning asosiy maqsadi Oliy o’quv yurtlarida ta’lim tizimiga yangi uslubiy-pedagogik o’quv texnologiyasini kiritish bo’ldi.
O’qituvchi kirish qismini boshlab berib, keyingi jarayonlar to’liq talabalar faoliyatida bo’ldi. Dars bevosita muhokama tarzida bo’lib, qizg’in savol-javoblar ostida o’tdi.

Asosiy mavzu: “Chanoq bo’shlig’i a’zolari patologiyalari muammolari”
Muhokamada bo’lgan dolzarb bo’limlar:
1. Prostata adenomasi – Prostata adenomasi (.pdf)
2. Rektal o’smalar        – Rektal o’smalar (.pdf)
3. Bachadon miomalari – Bachadon miomalari (.pdf)
4. Anorektal nuqsonlar – Anorektal nuqsonlar (.pdf)

Dars jarayonidan fotolavhalar:

 

 

 
 

Share this Post