Davolash va Sog‘liqni saqlash

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

PRЕZIDЕNTINING

QARORI

06.05.2019 й.

N ПҚ-4310

TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA

TA’LIMI VA ILM-FANI TIZIMINI

YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

[Ko’chirma]

Mamlakatimizda milliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlimini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, taʼlim olayotgan yoshlarga maʼnaviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida umumiy amaliyot vrachlari hamda tor mutaxassislarning yetishmasligi, tibbiyot taʼlim muassasalaridagi zarur bo‘lgan amaliy tayyorgarlikning yetarli bo‘lmayotganligi, shuningdek, uzluksiz kasb-hunar taʼlimini tashkil etishning zamonaviy shakl va uslublarining sust joriy etilishi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, o‘rta muddatli davrda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar qabul qilinishini talab etmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  Xarakatlar strategiyasi hamda 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish kontsepsiya

vazifalariga muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada takomillashtirish, uning amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida:

Quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:

birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy taʼlim bilan to‘liq qamrab olinishini taʼminlash;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni taʼminlash;

tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini taʼminlash;

kadrlarni tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish.

Quyidagilar:

Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi

1-ilovaga muvofiq;

2025 yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fanini rivojlantirish sifatini baholash indikatorlari 2-иловага muvofiq;

Tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim yo‘nalishlari, o‘qitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;

O‘rta maxsus tibbiyot taʼlim yo‘nalishlari, o‘qitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlim muassasalari tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:

    belgilangan tartibda davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini amaliyot va ilg‘or xalqaro tajribaga integratsiyalashuvini taʼminlashni inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlim tizimining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlash;

    tibbiyot va farmatsevtika taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mustaqil ravishda takliflar kiritish;

    faqatgina o‘quv va amaliyot xarakteriga ega chora-tadbirlar bo‘yicha ish vaqtini hisobga olishga tayangan holda tibbiyot va farmatsevtika taʼlimining (shu jumladan kredit-modulli o‘qitish tizimi sharoitida) o‘ziga xosligini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professor-o‘qituvchilarning mehnat meʼyorlarini belgilash, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantirish;

    uzluksiz kasbiy taʼlim tizimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari ustidan yagona tashkiliy va o‘quv-uslubiy rahbarlikni taʼminlash;

    o‘qitishning umumiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda klinik ordinatura (rezidentura)da to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxi miqdorini belgilash.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tayyorlashni tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

    Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

    birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantiriladigan talabnomalarga asosan umumiy amaliyot shifokorlari qabul qilinadi;

    shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida ularni taʼminlab turish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;

    birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari yakunida shifokorlarga olingan ixtisoslik bo‘yicha faqatgina sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi sertifikat taqdim etiladi;

    birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini tamomlagan shifokorlar, ularni o‘qishga yo‘llagan muassasada egallangan tor mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil ishlab berishlari shart;

    talab etiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida o‘qitishning tartibi, dasturlari va muddatlari, shaxslarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga saralab olish kvotalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

    a) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari, seminar, konferensiya, vebinar, mahorat darslari, simulyasion treninglar va boshqa o‘qitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan, uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini joriy etsin;

    b) tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini uzluksiz kasbiy taʼlim olishi tizimi asosida o‘qitish huquqi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan quyidagi muassasalarga taqdim etilsin:

    tibbiyot va farmatsevtika, shu jumladan nodavlat oliy taʼlim muassasalari;

    respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot hamda ilmiy markazlari, ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari;

    hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari.

    Belgilansinki, uzluksiz kasbiy taʼlim tizimi asosida o‘qitish natijalari bo‘yicha shifokorlar va provizorlarni yakka tartibda litsenziyalashda hisobga olinadigan, to‘plangan kreditlarni inobatga oluvchi belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;

    v) 2019 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olayotgan har bir tibbiyot va farmatsevtika xodimini monitoring qilish va o‘qitish hajmini shaxsiy hisobga olish imkoniyatini taʼminlovchi «Uzluksiz kasbiy taʼlim» maxsus portalini yaratsin.

  1. Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida to‘planadigan kreditlar hajmi 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining kadrlarni uzluksiz tayyorlashni taʼminlash, shuningdek, taʼlim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

    Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot taʼlim klasterini yaratish orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish;

    tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari tarkibiy tuzilmasiga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash (amaliyot) ishlari prorektori (direktor o‘rinbosari) lavozimi va ikkita shtat birliklaridan iborat klinik (o‘quv) bazalari bilan ishlash bo‘limini tashkil etish;

    tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan taʼminlanuvchi anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish;

    Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida o‘quv-simulyasion markazlarni tashkil etish.

    7.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarini qayta tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

    9.Belgilansinki:

    a) tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinikalari:

    tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari va klinik fanlarni o‘qitish uchun asosiy baza hisoblanadi, shuningdek, kafedra xodimlari bilan birgalikda o‘quv jarayonini tashkil etish, aholiga ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatish, tibbiyot sohasida ilmiy-tekshiruv izlanishlarini olib borishda faol ishtirok etadi;

    klinika shifokor xodimlari tarkibini shakllantirishda tibbiyot oliy taʼlim muassasasi kafedralari professor-o‘qituvchilarining soni 50 foizdan kam bo‘lmasligini taʼminlaydi;

    tibbiyot oliy taʼlim muassasasi kafedralari xodimlarini dars jadvali va o‘quv rejaga muvofiq yetarli o‘quv xonalari, shuningdek, pedagogik hamda ilmiy-tekshirish faoliyati uchun sharoitlar bilan taʼminlaydi;

    b) tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalarining bosh shifokorlari:

    yashirin ovoz berish yo‘li orqali oliy taʼlim muassasasi Kengashining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

    kafedra xodimlarining to‘laqonli taʼlim, davolash-diagnostika va ilmiy faoliyatini tashkil etishni taʼminlash yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadilar.

    10. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

    11. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari davlat muassasalarida uch yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga (rezidenturaga) kirishda tanlov sinovlari natijalari bo‘yicha yig‘ilgan ballar summasidan 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ballar taqdim etilishi;

    tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, malaka oshirish institutlari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va ularning filiallari xarajatlarining budjet smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida klinik ordinatorlar (rezidentlar)ni o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan klinik ordinator (rezident) rahbariga bir yilda 100 soat hisobidan bir nafar klinik ordinator (rezident)ga rahbarlik uchun soatbay to‘lovlar to‘lanishi belgilansin.

    Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga dars berish faoliyatida ishtirok etishi uchun davolash-profilaktika muassasalaridan jalb qilinadigan malakali mutaxassislarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirayotganlar mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.

    12.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

    kredit-modulli o‘qitish tizimini joriy etish orqali oliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi davlat taʼlim standartlari, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash davlat talablarini ishlab chiqish;

    taʼlim jarayonida klinikagacha va klinik modullar, shu jumladan klinik o‘quv amaliyoti bo‘yicha o‘quv soatlarini oshirish hisobiga amaliy tarkibiy qismini kuchaytirish;

    kredit-modul tizimini joriy etish orqali magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)da egallanayotgan amaliy ko‘nikmalarning murakkabligiga bog‘liqholda taʼlim muddatlarini optimallashtirish orqali o‘qitish jarayonini takomillashtirish;

    ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, o‘qitish davri uchun kreditlar meʼyorlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, 100 ballik reyting tizimini qo‘llagan holda o‘quvchi va talabalarning har bir modul bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari o‘zlashtirilishini nazorat qilishni taʼminlasin.

    14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

    xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 2020 yildan boshlab har yili tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkazilishini taʼminlasin;

    har yili 1 sentyabrga qadar davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish tashkilotlarining talabnomalari asosida respublikahududlari kesimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi muassasalari va bo‘linmalari uchun uzluksiz kasbiy taʼlim kurslarida o‘qitish rejalarini tasdiqlasin.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalari, respublika ilmiy-amaliy markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari uchun imtiyozli yuqori tezlikdagi internet-tariflarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2956-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshi va 3-bandi, shuningdek, ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

    tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalari, farmatsevtika taʼlim muassasalarining o‘quv va o‘quv-amaliyot bazalari namunaviy nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini;

    qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

    16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoev


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

1-ILOVA

Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani

tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy

CHORA-TADBIRLAR REJASI

Т/р Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Moliyalashtirish manbalari  Ijro muddati Masʼul ijrochilar
I. OLIY VA O‘RTA MAXSUS TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA TA`LIMINI TAKOMILLASHTIRISH
1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish.

Ilg‘or xalqaro tendensiyalar hamda mahalliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlimining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida kredit-modulli o‘qitish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2020 yil

1 fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov)
2. Tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalarida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda o‘qitish rus va ingliz tillarida olib boriladigan xalqaro fakultetlar tashkil etish, jumladan:

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Toshkent davlat stomatologiya institutida, Toshkent farmatsevtika institutida, Andijon, Samarqand va Buxoro davlat tibbiyot institutlarida;

2020/2021 o‘quv yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida.

Xorijiy OTMlari bilan bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i Tegishli OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari 2019 yil

1 sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi(Komilov)
3. Quyidagilar orqali tibbiyot va taʼlim sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy muassasalar o‘rtasidagi xalqarohamkorlikni kengaytirish:

respublikadagi o‘qituvchilar, ilmiy va tibbiy xodimlarning yetakchi xorijiy tibbiyot va taʼlim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;

taʼlim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish;

xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari, homiylar va XMI mablag‘lari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari Doimiy asosda Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi(Komilov)
4. 2019-2022 yillarda bosqichma-bosqich tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish uchun o‘quv-simulyasion markazlar tashkil etish. Tashkiliy-

amaliy chora-

tadbirlar

XMI va homiylarning mablag‘lari, muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari doirasidagi markazlashtirilgan mablag‘lar 2019-2022 yillar Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi(Abduraxmonov),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(Umurzakov)
5. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida 2019 йил

1 sentabr

 

2019/2020

o’quv yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)
6. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari klinik va o‘quv bazalarining quvvatlaridan taʼlim jarayonida imkon qadar foydalangan holda, taʼlim, fan va amaliyotning chuqur integratsiyasini taʼminlash orqali ularning faoliyatini takomillashtirish.

Quyidagilarni tasdiqlash:

sog‘liqni saqlash muassasalari orasidan o‘quv klinik amaliyotni o‘tash uchun tibbiyot oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari klinik bazalari ro‘yxatini;

tibbiyot va farmatsevtika oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari ro‘yxatini.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining tegishli kafedralari SanQvaMning o‘quv auditoriyalarga qo‘yiladigan talablarini inobatga olgan holda OTM huzuridagi klinikalar, shuningdek, tasdiqlangan klinik va o‘quv bazalarida joylashtirilishini taʼminlash.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida 2019 yil

15 noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
7. Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida taʼlim jarayonini tashkil qilish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish.

Quyidagilarni:

bitiruvchilarining malaka tavsifnomalari, kompetensiyalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy, o‘rta maxsus taʼlimining yangilangan o‘quv reja va o‘quv dasturlarini;

tibbiyot va farmatsevtika taʼlimining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika OTMlari professor-o‘qituvchilari vaqt meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2019 yil

1 avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
8. Tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining o‘quvchilari uchun, shu jumladan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining davlat va xususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari bilan integratsiyasini;

respublika tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalari o‘rtasida talabalarning akademik almashinuvini;

o‘quv yili semestrlari davomida amaliyotni o‘tash (yozgi vaqishki ishlab chiqarish amaliyoti);

egallangan bilim va ko‘nikmalar sifatini o‘quv yili yakunlangunga qadar nazorat qilish, bunda natijalarni kursdan-kursga o‘tkazishda inobatga olish;

amaliyot imtihoni va o‘quv amaliyotini (sifat va son jihatidan) nazorat qilish shaklida amaliy bilimlar nazoratini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2019 yil

1 noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov))
9. Quyidagilarni:

tibbiyot muassasalarida kursdan-kursga ko‘chirishda asosiy sinov sifatida integratsiyalashgan klinik va klinik-oldi imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga buyurtmachi-tashkilotlardan ekspertlarni keng jalb etish orqali davlat imtihonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazishning mustaqil, shaffof va adolatli mexanizmini nazarda tutuvchi bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini davlat imtihonidan dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazishning yangilangan tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2019 yil

10 dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov))
10. Тошкент врачлар малакасини ошириш институтининг клиник базасини 1-сонли Республика клиник шифохонасида жойлаштириш.

Тошкент тиббиёт академиясининг Термиз филиали ва Тошкент тиббиёт академиясининг Фарғона филиали клиник базаларини тегишли вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказларида жойлаштириш.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida 2019 yil

1 noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov))
11. Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot hamda farmatsevtika taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar va bitiruvchilar uchun buyuk tabiblar Gippokrat va Ibn Sinolarning davolash anʼanalarini inobatga olgan holda «O‘zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi»ni yagona shaklda broshyura ko‘rinishida tayyorlash va eʼlon qilish hamda seriyali nashr etish. Tashkiliy-amaliy choralar Muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari 2019 yil

1 avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
12. Sog‘liqni saqlash sohasida yetakchi mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash va farmatsevt kadrlarni tayyorlash va uzluksiz professional taʼlimni tashkil etishni yoritish bo‘yicha mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tayyorlash. Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi 2019 yil

1 sentabr

MTRK (Xodjayev),Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
13. Tibbiyot OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot kollejlarining o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun «Tibbiy taʼlim va fan» ilmiy-amaliy maʼrifiy jurnalini, shu jumladan uning elektron shaklini tashkil etish, unda quyidagilarni chop etishni taʼminlash:

tibbiyot taʼlim, fan, amaliyot va innovatsiyalar sohasidagi ijobiy xalqaro tajribasini, tibbiyot va ilmiy xodimlarning xorijda malaka oshirish yakunlarini;

keyinchalik ularni amaliy sog‘liqni saqlashga tatbiq etganholda tibbiyotning zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tavsiyalar, protokollar, standartlar haqida maʼlumotlar, profilaktikadagi yangiliklarni, kasalliklarni diagnostikaqilish va davolash, tibbiy buyumlar va uskunalar, farmatsevtika preparatlarini yaratishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risida maʼlumotlarni.

Tashkiliy-amaliy choralar Jurnalni sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar 2019 yil

1 dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
14. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislari va olimlari tomonidan tibbiyot va farmatsiyaning ilg‘or texnologiyalari mavzulariga bag‘ishlangan maʼruzalar siklini o‘qish hamda mahorat darslarini muntazam ravishda o‘tkazish;

respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining klinik amaliyotchi mutaxassislari va tibbiyot OTMlarining klinik fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarini tibbiy-biologik kafedralar faoliyati xususiyati, anatomik morglar, o‘quv-biologik laboratoriya(vivariy)lar va h.k.da klinikagacha bo‘lgan fanlarni o‘qitish jarayoniga jalb etish orqali klinik va klinikagacha bo‘lgan fanlarning vertikal integratsiyasi tartibini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirining buyrug‘i Муассасаларнинг бюджет ва бюджетдан ташқари маблағлари доирасида 2019 yil

1 sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
15. Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarini quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligihuzurida Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi o‘quv adabiyotlarini tasdiqlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish;

xorijning yetakchi tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining tavsiya etiladigan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini tuzish, shuningdek, ulardan foydalanish amaliyotini kengaytirish;

tibbiyot va farmatsevtika taʼlim tizimi uchun zamonaviy shakl va ko‘rinishdagi, shu jumladan elektron formatdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirining buyrug‘i, tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan

budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida

2019-2020

yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
II. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
16. Тиббиёт ва фармацевтика кадрлари учун таълимнинг кредит-модулли тизимига асосланган ва муаммоларга йўналтирилган модулли ўқув дастурлари, семинарлар, конференциялар, вебинарлар, маҳорат дарслари, симуляцион тренинглар ва халқаро стандартларга мувофиқ бошқа ўқитиш курслари негизида ҳар йили малака оширишни кўзда тутувчи узлуксиз касбий таълим тизимини жорий этиш. Ташкилий

чора-тадбирлар комплекси

2019/2020 ўқув йилидан бошлаб Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
17. Тиббиёт ва фармацевтика кадрлари малакасини ошириш вақайта тайёрлаш курслари тингловчиларининг битта ўқитувчига тўғри келадиган ўртача йиллик сони нормативларини тиббиёт ва фармацевтика олий таълим муассасалари талабалари сонининг бакалавриат таълими тегишли йўналишлари бўйича битта ўқитувчига тўғри келадиган нисбат нормативларидан 25 фоиз паст миқдорда белгилаш. Ўзбекистон Республикаси Соғликни сақлаш вазирининг буйруғи Ушбу мақсадлар учун ажратиладиган бюджет маблағлари доирасида, пуллик курсларда ўқитишдан келиб тушадиган маблағлар 2019/2020

ўқув йилидан

бошлаб

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
III. ТИББИЁТ ФАНИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
18. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining saytida sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiyot fanining yutuqlariga bag‘ishlangan bo‘limni yaratish. Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi 2019 yil

1 avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
19. Tibbiyot ilmiy muassasalari va OTMlari ilmiy xodimlari va o‘qituvchilari uchun jahon ilmiy-texnik maʼlumotlarning xorijiy elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi XMI va homiylarning mablag‘lari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablag‘lari 2019 йил

1 yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi(Abduraxmonov)
20. Amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatiniquyidagilar orqali oshirish:

ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro standartlarga rioya etish va ularning natijalarini manbalar keltiriladigan Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilish;

tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mahalliy ilmiy jurnallarning Scopus, Web of Science, Thomson Reuters xalqaro maʼlumotlar bazasi nashrlariga kirishi uchun sharoitlar yaratish.

Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi Doimiy asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi(Abduraxmonov)
21. Jamoatchilik asosida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallarida, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida yosh olimlar jamiyatini tashkil etish.

Talabalar ilmiy to‘garaklari tarmog‘i ishini takomillashtirish, yosh olimlar konferensiyalari va tanlovlarini o‘tkazish.

Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi 2019 yil

15 iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
IV. SOG‘LIQNI SAQLASHNING KADRLAR RESURSINI

RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

22. Rejalashtirishni takomillashtirish va kadrlar resursidan foydalanish maqsadida doimiy yangilab boriladigan sog‘liqni saqlash kadrlarining elektron ryestrini tuzish va uning mexanizmini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash tizimini kadrlar bilan taʼminlanganligihisobini yuritish va monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimini yaratish

.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, axborot tizimini yaratish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari 2019 yil

1 iyun

 

2019 yil

1 dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)Axborot texnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)
23. Sifatni boshqarishning zamonaviy prinsiplari va standartlari, keng qamrovli kasb-hunar bilimlari va kadrlarni boshqarish ko‘nikmalariga (yuridik, iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy va boshqalar) asoslangan sog‘liqni saqlashning boshqaruv kadrlari va tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi Doimiy asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
24. Xalqaro tajriba va standartlarni hisobga olgan holda ish bilan taʼminlashning zamonaviy, shaffof va adolatli mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, mansab pog‘onalarida kafolatlangan o‘sish, rotatsiya mexanizmini obʼektiv qo‘llash, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining faoliyatini tashqi va ichki baholash. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2019 yil

1 avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Kudbiyev)

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

2019 йил 6 майдаги

ПҚ-4310-сон қарорига

2-ИЛОВА

2025 йилга қадар тиббиёт ва фармацевтика

таълими ва илм-фанини ривожлантириш

сифатини баҳолаш индикаторлари

Т/р Индикаторлар 2019 йил 2021 йил 2025 йил
I. ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ КАДРЛАР ТАРКИБИНИНГ

СИФАТИНИ БАҲОЛАШ

1. Илмий салоҳият индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг штат сонига нисбатан фан докторлари ва номзодлари, шу жумладан, профессор ва доцентлар улуши) 40 % 45 % 55 %
2. Чет элда стажировка ўташ индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан дунёнинг етакчи госпиталларида клиник стажировка ўтаган профессор-ўқитувчилар улуши) 10 % 15 % 20 %
3. Ёш мутахассисларни тайёрлаш индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан магистрлар, клиник ординаторлар (резидентлар) ва илмий ходимлар улуши) 25 % 30 % 70 %
4. Узлуксиз касбий таълим тизимида малака ошириш индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан малака ошириш курсларини ўтаган ходимлар улуши) 32 % 45 % 80 %
5. Халқаро конференциялар, форумлар ва бошқа шунга ўхшаш тадбирларда қатнашиш индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан қатнашган профессор-ўқитувчилар улуши) 25 % 30 % 70 %
6. Нуфузлилик индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан давлат мукофотлари билан тақдирланганлар улуши) 4 % 7 % 15 %
7. Чет тилларини ўртачадан кам бўлмаган даражада билиш индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан инглиз ва бошқа хорижий тилларни эгаллаган ходимлар улуши) 25 % 30 % 50 %
8. Информацион технологияларни эгаллаш индикатори (профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан информацион технологияларни эгаллаган профессор-ўқитувчилар улуши) 40 % 45 % 70 %
II. ТАЪЛИМ МУАССАСАСИНИНГ ЖИҲОЗЛАНГАНЛИК

ВА ТАЪМИНЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИ

9. Тиббиёт олий таълим муассасаларининг ўз клиникаларидаги ўқув хоналари (СанҚваМнинг талаб ва меъёрларига жавоб берадиган ўқув хоналари) 20 % 30 % 90 %
10. Тиббиёт олий таълим муассасаларининг клиник базаларидаги ўқув хоналари (СанҚваМнинг талаб ва меъёрларига жавоб берадиган ўқув хоналари) 20 % 25 % 75 %
11. Ўқув воситалари билан жиҳозланганлик индикатори 30 % 35 % 55 %
12. Лаборатория ускуналари билан жиҳозланганлик индикатори 40 % 45 % 65 %
13. Даволаш-диагностика ускуналари билан жиҳозланганлик индикатори 35 % 40 % 60 %
14. Юқори технологиялар билан жиҳозланганлик индикатори (умумий жиҳозларга нисбатан охирги 5 йилдаги юқори технологияли жиҳозлар сони) 15 % 20 % 35 %
15. Таълим муассасаларининг симуляцион марказлар билан таъминланганлик индикатори 45 % 50 % 70 %
16. Таълим муассасаларининг тажриба-биологик лаборатория (виварий)лар билан таъминланганлик индикатори 30 % 35 % 70 %
17. Таълим муассасаларининг анатомик морглар билан таъминланганлик индикатори 65 % 80 %
18. Таълим муассасаларида компьютерлаштириш кўрсаткичи (таълим муассасаларида ўқувчи ва профессор-ўқитувчилар сонига нисбатан теле-видеотехника, компьютерларнинг сонидан фоиз нисбатида) 45 % 50 % 70 %
19. Таълим муассасаларини ахборотлаштириш кўрсаткичи (ҳар бир профессор-ўқитувчи ҳисобидан умумийҳужжатларни юритишга нисбатан ҳужжатлар айланмасини электронлаштириш улуши) 15 % 20 % 60 %
20. Таълим ресурслари индикатори (ўқув, илмий, даволаш-диагностика жараёнларида таълим портали, веб-сайт, электрон почта, кутубхона ресурслари, медиатекалар, интерактив ўқув қўлланмаларининг мавжудлиги) 55 % 60 % 80 %
21. Халқаро стандартларга мувофиқ аккредитацияланган таълим дастурлари фоизи 5 % 10 % 30 %
22. Халқаро стандартларни ҳисобга олган ҳолда ислоҳ қилинган олий тиббий ва фармацевтика таълими дастурларининг фоизи 40 % 50 % 80 %
23. Халқаро стандартларни ҳисобга олган ҳолда ислоҳ қилинган тиббиёт ва фармацевтика кадрларини малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш дастурларининг фоизи 40 % 50 % 80 %
III.ТАЪЛИМ МУАССАСАСИНИНГ ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ САЛОҲИЯТИ
24. Илмий тадқиқотларнинг натижадорлиги кўрсаткичи (таълим муассасасининг профессор-ўқитувчиларнинг умумий сонига нисбатан илмий натижаларга эришган – ихтиролар, рационализаторлик таклифлари ва бошқа ишларни татбиқ этишга патентларнинг профессор-ўқитувчилар сонига нисбати 15 % 20 % 35 %
25. Нашр индикатори (охирги 5 йилда республика ва чет элда таълим муассасаларининг профессор-ўқитувчиларнинг бир штат сонига нисбатан илмий мақолалар сони) 30 % 35 % 55 %
26. Нашрларга ҳавола қилиш индикатори (таълим муассасаларининг нашр қилинган умумий сонига нисбатан таълим муассасаларининг профессор-ўқитувчилари нашр қилган илмий ишларига бошқа муаллифларнинг ҳавола қилиш улуши) 15 % 20 % 40 %
27. Таълим муассасалари профессор-ўқитувчиларининг халқаро ҳамкорлик индикатори (таълим муассасалари профессор-ўқитувчиларининг умумий сонига нисбатан халқаро даражадаги дастурларни амалга оширишда қатнашувчи профессор-ўқитувчилар сони) 15 % 20 % 25 %
IV. ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДА ЎҚУВЧИЛАР, БАКАЛАВРИАТ

ВА МАГИСТРАТУРА ТАЛАБАЛАРИ, КЛИНИК ОРДИНАТОР

(РЕЗИДЕНТ)ЛАРНИ СИФАТИНИ БАҲОЛАШ

28. Тиббиёт коллежлари, клиник ординатура (резидентура), бакалавриат, магистратура битирувчиларининг давлат имтиҳонларини муваффақиятли топширган битирувчилар индикатори (таълим муассасаси битирувчиларининг умумий сонига нисбатан давлат имтиҳонларини муваффақиятли топширган битирувчилар улуши) 80 % 85% 95%
29. Бирламчи аккредитациядан муваффақиятли ўтган бакалавриат, магистратура, клиник ординатура (резидентура) битирувчиларининг индикатори (таълим муассасаси битирувчиларининг умумий сонига нисбатан бирламчи аккредитациядан муваффақиятли ўтган битирувчилар улуши) 75 % 80%
30. Талабалар алмашинуви индикатори (умумий таълим олувчилар сонига нисбатан дунёнинг етакчи шифохоналарида клиник таълим олган ва стажировка ўтаган таълим олувчилар улуши) 5 % 10% 20%
31. Халқаро конференциялар, форумлар ва бошқа шунга ўхшаш тадбирларда иштирок этиш индикатори (таълим олувчиларнинг умумий сонига нисбатан қатнашган таълим олувчилар улуши) 5 % 10% 20%
32. Чет тилларини ўртачадан кам бўлмаган даражада билиш индикатори (таълим олувчиларнинг умумий сонига нисбатан инглиз ва бошқа тилларни эгаллаган таълим олувчилар улуши) 40 % 45% 55%
33. Информацион технологияларни эгаллаганлик индикатори (таълим олувчиларнинг умумий сонига нисбатан информацион технологияларни эгаллаган таълим олувчилар улуши) 45 % 50% 70%

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

2019 йил 6 майдаги

ПҚ-4310-сон қарорига

3-ИЛОВА

Тиббиёт ва фармацевтика олий

таълим йўналишлари, ўқитиш муддатлари

ва битирувчиларга бериладиган малакалар

РЎЙХАТИ

Т/р Таълим йўналишлари Ўқиш муддати Битиргандан кейинги малака
1. Даволаш иши 6 йил Умумий амалиёт шифокори
2. Касбий таълим (даволаш иши) 6 йил Умумий амалиёт шифокори – педагог
3. Педиатрия иши 6 йил Умумий педиатр шифокори
4. Ҳарбий тиббиёт (даволаш иши) 6 йил Ҳарбий шифокор
5. Тиббий-биология иши 4 йил Фундаментал тиббиёт мутахассиси
6. Тиббий-профилактика иши 5 йил Гигиена-эпидемиология шифокори
7. Стоматология 5 йил Умумий стоматолог шифокори
8. Олий ҳамширалик иши (ўрта махсус касб-ҳунар тиббий таълим негизида) 3 йил Олий ҳамширалик иши мутахассиси
9. Клиник психология 5,5 йил Клиник психолог – ижтимоий ходим
10. Фармация 5 йил Фармацевт
11. Касбий таълим (фармацевтика иши) 5 йил Фармацевт – педагог
12. Саноат фармацияси (турлари бўйича) 4 йил Фармацевт – технолог
13. Фармацевтик биотехнология 4 йил Фармацевт – биотехнолог
14. Биотиббиёт муҳандислиги 4 йил Биотиббиёт муҳандиси
15. Дори воситаларини стандартлаштириш, сертификациялаш ва сифат менежменти 4 йил Фармацевт – таҳлилчи

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

2019 йил 6 майдаги

ПҚ-4310-сон қарорига

4-ИЛОВА

Ўрта махсус тиббиёт таълим йўналишлари,

ўқитиш муддатлари ва битирувчиларга

бериладиган малакалар

РЎЙХАТИ

Т/р Таълим йўналишлари Ўқиш

муддати

Битиргандан кейинги малака
1. Ҳамширалик иши 2 йил Умумий амалиёт ҳамшираси

Физиотерапия (массаж) хонаси ҳамшираси

2. Стоматология иши 2 йил Стоматолог ассистенти,

ортопедик стоматология техниги

3. Фармация 2 йил Фармацевт ассистенти,

дори воситалари ишлаб чиқариш оператори

4. Тиббий профилактика 2 йил Санитария шифокори ёрдамчиси,

эпидемиолог ёрдамчиси,

тиббий профилактика иши фельдшери

5. Фельдшер-лаборатория иши 2 йил Тиббий лаборант,

қишлоқ врачлик пункти, қишлоқ оилавий поликлиникаси фельдшер-лаборанти,

функционал ва нур диагностикаси лаборанти

6. Фельдшерлик иши 2 йил Умумий амалиёт фельдшери,

тез тиббий ёрдам бригадаси фельдшери,

оилавий поликлиника фельдшери

7. Тиббий-ижтимоий иш 1,5 йил Аёллар ва болаларга тиббий-ижтимоий ёрдами ташкилотчиси,

ёлғиз ногиронлар ва қарияларга уйда тиббий-ижтимоий ёрдам ташкилотчиси

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

2019 йил 6 майдаги

ПҚ-4310-сон қарорига

5-ИЛОВА

Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш тизими тиббиёт ва фармацевтика кадрларини

тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва узлуксиз касбий таълим муассасалари ташкилий тузилмаси

 Тиббиёт ва фармацевтика олий таълим муассасалари,

уларнинг филиаллари ва клиникалари

1. Тошкент тиббиёт Академияси

2. Тошкент педиатрия тиббиёт институти

3. Тошкент фармацевтика институти

4. Тошкент давлат стоматология институти

5. Андижон давлат тиббиёт институти

6. Самарқанд давлат тиббиёт институти

7. Бухоро давлат тиббиёт институти

8. Тошкент тиббиёт Академиясининг Урганч филиали

9. Тошкент тиббиёт Академиясининг Термиз филиали

10. Тошкент тиббиёт Академиясининг Фарғона филиали

11. Тошкент педиатрия тиббиёт институтининг Нукус филиали

Республика ихтисослаштирилган илмий-амалий ва

илмий тиббиёт марказлари, уларнинг филиаллари

1. Акушер ва гинекология РИИАТМва унинг филиаллари

2. Дерматовенерология ва косметология РИИАТМ

3. Кардиология РИИАТМ ва унинг филиаллари

4. Кўз микрохирургияси РИИАТМ ва унинг филиаллари

5. Неврология ва инсульт РИИАТМ

6. Нейрохирургия РИИАТМ

7. Нефрология ва буйрак трансплантацияси РИИАТМ

8. Онкология ва радиология РИИАТМ ва унинг филиаллари

9. Педиатрия РИИАТМ

10. Терапия ва тиббий реабилитация РИИАТМ

11. Травматология ва ортопедия РИИАТМ ва унинг филиаллари

12. Урология РИИАТМ ва унинг филиаллари

13. Фтизиатрия ва пульмонология РИИАТМ

14. В.Вохидов номидаги Хирургия РИИАТМ ва унинг филиали

15. Эндокринология РИИАТМ ва унинг филиаллари

16.  Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази ва унинг филиаллари

17. Республика аллергология илмий-ихтисослаштирилган маркази

Илмий-тадқиқот институтлари (ИТИ)

1. Вирусология ИТИ

2. Гематология ва қон қуйиш ИТИ

3.Л.М. Исаев номидаги паразитология ИТИ

4. Санитария, гигиена ва касб касалликлари ИТИ

5. Эпидемиология, микробиологиява юқумли касалликлар ИТИ

 

Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлар ҳудудий кўп тармоқли (болалар, катталар) тиббиёт марказлари (26)
Тошкент врачлар малакасини ошириш институти
Тиббиёт коллежлари (78)
Республика ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари малакасини ошириш ва уларни ихтисослаштириш маркази ва унинг филиаллари (14)
Тиббий таълимни ривожлантириш маркази
Нодавлат тиббиёт ва фармацевтика олий таълим муассасалари

Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

2019 йил 6 майдаги

ПҚ-4310-сон қарорига

6-ИЛОВА

Узлуксиз касбий тиббиёт таълимида

тўпланадиган кредитлар ҳажми

Т/р Таълим олувчилар контингенти Кредитлар ҳажмлари*
Жами Шундан, бир йилда

қуйидагидан кам

бўлмаган

1. Олий маълумотли тиббиёт ва фармацевтика кадрлари 288** 36
2. Ўрта махсус маълумотли тиббиёт ва фармацевтика кадрлари 180*** 36

*) Беш йил давомида тўпланади.

**) 288 та кредитдан 144 таси тегишли тиббий таълим муассасалари ва ташкилотларида Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан таълим олиш орқали, қолган қисми – пуллик асосда тўпланади.

***) 180 та кредитдан 144 таси тегишли тиббий таълим муассасалари ва ташкилотларида Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан таълим олиш орқали, қолган қисми – семинарлар, конференциялар, вебинарлар, маҳорат дарслари, симуляцион тренинглар ва бошқа ўқув курслари ҳисобидан тўпланади.

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси (www.lex.uz), 2019 йил 7 май

«Халқ сўзи», 2019 йил 7 май

«Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами»,

2019 йил 13 май, 19-сон, 362-модда

Время: 0.0359


Каримов Маъриф Шакирович

Даволаш ишлари бўйича проректор

Тиббиёт фанлари доктори, профессор.

Телефон: +998 (71) 214-90-41

Е-mail: m.shakirovich@mail.ru

Қабул вақти: душанба 11:00 – 13:00

 

Translate: Рус