Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

 

 

Xasanova Mashhura Abduvaliyevna

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i

Tel: +998(78) 150-78-03
E-mail:  mashxura1976y@mail.ru.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi Akademiyada olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlari va kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy tajribalarini umumlashtirish, talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalarini amalga oshiradi.

Umumiy qoidalar:

  • Bo‘lim akademiya rektorining buyrug‘i asosida tuziladi.
  • Bo‘limning ishchi guruhi akademiyaning ushbu soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilardan tarkib topadi;
    Bo‘lim Yoshlar bilan ishlash  prorektori boshchiligida faoliyat olib boradi.
  • O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra hamda guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi.
  • Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bo‘limning maqsadi:

  • Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash,
  • Ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish,
  • Tafakkurini yuksaltirish,
  • Yoshlar dunyo qarashiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash,
  • Ularni bu yo‘llardan qaytarish,
  • Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.

Bo‘limning vazifalari:

  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
  • Talaba-yoshlar orasida maʼnaviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
  • Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
  • Akademiyada maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.

Bo‘limning huquqlari:

  • Fakultetlardagi maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish.
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari ham ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish.
  • Dekanlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashish.
  • Maʼnaviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi.
  • Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari” sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi.
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi.

Maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi


Siddikov Komiljon Sadirdinovich

Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi

Tel: +998(78) 150-78-03

E-mail: manaviyat@tma.uz


Saydullayev Alisher Nasrullayevich

Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo‘limi uslubchisi

Tel: +998(78) 150-78-03

E-mail: tta-manaviyat@inbox.ru


 

Beknazarova Shafoat Tursunpo‘latovna

Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi

Tel: +998(78) 150-78-03

E-mail: manaviyat@tma.uz

 


Ro‘zmetov Suhrob O‘rinboy o‘g‘li

Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi

Tel: +998(99) 794 09-45

E-mail: Suhrobruzmetov1307@gmail.com

Translate: Eng Рус