27-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati Fransiyaning “Shimol-Janubiy” Iqtisodiy va madaniy rivojlanish agentligi Рrezidenti Gilber Salians bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’lim va fan sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun Fransiyadan tibbiyot mutaxassislarini jalb etish, umumiy tibbiyot yo‘nalishlarini rezidentura darajasida hamkorlikda rivojlantirish, magistratura va doktorantura, umumiy ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, qisqa muddatli dasturlarni amalga oshirish hamda klinik ordinatorlar va yosh o‘qituvchilar uchun amaliyot o‘tash yuzasidan kelishib olindi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan