Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shadmonov Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Rector Alisher Shadmanov

Shuningdek Akademiyada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha 1-Xalqaro Olimpiadani o‘tkazilganligi haqida so‘zlab berdilar. Akademiyani rivojlantirish strategiyasi, xalqaro stajirovkalar, vebinar va konferensiyalar tashkil etish yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Suhbat chog‘ida A.Shodmonov 2021-o‘quv yilida Akademiya bazalarida koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarga rioya qilinganligi sababli talabalar o‘qishi to‘liq oflayn ta’limga o‘tganini ta’kidladi. Qo‘shimcha tarzda, tinglovchilarga epidemiologik vaziyat haqida batafsil ma’lumot berib tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob berdilar.
Akademiya rektori integratsiyalashuv va bunday uchrashuvlar bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash darajasini oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shadmanov Alisher Kayumovich

Shadmanov Alisher Kayumovich

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan