Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash”, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlartirish to’g’risida”gi 2021 yil 25 martdagi farmoni, hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 apreldagi topshiriq xati ijrosi yuzasidan Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o’qituvchilari Toshkent viloyati Ohangaron “Saxovat” keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun internat uyiga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida  keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar internat uyi yashovchilari uchun Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik, Atrof muhit gigienasi va jamoat salomatligi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va chiniqishning inson salomatligidagi ahamiyati” hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan  nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan psixologik treninglar o‘tkazildi. “Saxovat” internat uyiga uyushtiriladigan keyingi tashriflarda manzilli tibbiy ko’rik, TTA madaniyat uyi qoshida tashkil etilgan ijodiy to‘garaklar, fakultetlardagi teatr studiyalari jamoalari a’zolari tomonidan kontsert dasturlari namoyish etish rejalashtirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan