ISTIQBOLLI  HAMKORLIK SAMARALARI

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent shahar Uchtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan imzolangan “Hamkorlik memorandumi” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan MEDIA REJA jadvaliga muvofiq Toshkent shahri Uchtepa tumani 238- maktabda “Sport –sog‘liq garovi” mavzusida sport tadbirlari tashkil etildi.

Sport tadbirlarini TTA Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori, professor T.A.Bobomuratov so‘zga chiqib, TTA va Uchtepa tumani maktablari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar haqida, bugungi sport tadbirlari va ularning ahamiyati, maktab jamoasi bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr bildirdi.

Sport tadbirlari so‘ngida g‘oliblar TTA “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan