«Mard o‘g‘lon»

Mard o‘g‘lon

Toshkent Tibbiyot akademiyasi magistranti «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-iyundagi [PQ-297-son] qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son ichki kasalliklar kafedrasi kardiologiya mutaxassisligi magistiri Ismoilov Ulug‘bek  «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlarida erishgan yutuqlari uchun topshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan