Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Ismoilov Ulug'bek

Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF–5106-son Farmoni va 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3402-son qaroriga binoan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich magistranti Ismoilov Ulug‘bek Ilhomjon o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan 2022-yil 1-iyul kuni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Ismoilov Ulug‘bek bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talaba – yoshlarining uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida davlat mukofoti sohibi Ulug‘bek a’lo baholari, yillar davomida erishgan yutuqlari, qo‘lga kiritgan muaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashdi va davlat mukofotini olayotgan daqiqalardagi hayajon, quvonchli kechinmalari to‘g‘risida yig‘ilganlarga zo‘r mamnuniyat bilan so‘zlab berdi..

Tadbir samimiy va qizg‘in bahs –munozaralarga boy bo‘ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Ismoilov Ulug‘bek “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Ismoilov Ulug‘bek

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Ismoilov Ulug‘bek “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Ismoilov Ulug‘bek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan