#Tabriklaymiz!

Bugun 28.07.2022 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-sonli Talabalar turar joyi komendanti Xanchayev Komiljon Aribxanovich 85 yoshga kirdilar.

Shu munosabat bilan Akademiya jamoasi va kasbdoshlari, faxriylar, shuningdek, Olmazor tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Komiljon Aribxanovichni tavvallud ayyomi bilan tabriklash uchun yig’ildilar.

Ma`lumot uchun Xanchayev Komiljon Aribxanovich Sog’liqni saqlash tizmida 1966- yildan beri Yotoqxona komendanti, Talabalar turar joyi boshlig’i, xo’jalik bo’limi mudiri, 2009-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-sonli TTJ komendati sifatida hozirgi kungacha ishlab kelmoqdalar. Komiljon Aribxanovichning 63 yillik mehnat faoliyati chinakam ma`noda namuna maktabi hisoblanadi. Ularga tuganmas sog’lik, oilaviy tinchlik va doimo Akademiyamiz ajralmas faxri bo’lib qolishlarini tilab qolamiz.

Tayyorladi: Suhrob Ruzmetov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan