TTAning bir guruh talabalari «Tibbiyotning dolzarb masalalari» nomli X Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar.

Tibbiyotning dolzarb masalalari

Toshkent tibbiyot akademiyasining bir guruh talabalari 27-28 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tibbiyotning dolzarb masalalari» nomli X Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar.

Ma’lumot uchun: Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalarining tezislari qabul qilingan bo‘lib, talabalar o‘z ilmiy ishlari taqdimotlari bilan ishtirok etadilar.
Konferensiyada 30 dan ortiq davlatning vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Safar davomida, Toshkent tibbiyot akademiyasi xorijlik hamkorlar bilan imzolangan ko‘plab kelishuvlar asosida, 29-apreldan 5-may kuniga qadar talabalar, Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetida ham bo‘lib, xalqaro akademik mobillik dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tashlari rejalashtirilgan.

Tibbiyotning dolzarb masalalari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan