Olmota shahriga xizmat safari

Olmota shahriga xizmat safari

2023-yil 15-16-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasining Almati shahrida “Erasmus Plus” doirasida “BERNICA” loyihasi granti asosida 9 ta oliy ta’lim muassasasi – Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti, Avstriyaning FH JOANNEUM universiteti, Turkiyaning Istanbul tibbiyot universiteti, О‘zbekistonning Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Qirg‘izistonning О‘sh Davlat Universiteti, Tojikistonning Tojikiston Davlat Tibbiyot Universiteti, О‘zbekistonning Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Qirg‘izistonning Bishkek xalqaro tibbiyot maktabi, Tojikistonning Xatlon Davlat Tibbiyot Universiteti hamda Qozog‘istonning Karaganda Tibbiyot Universiteti vakillari ilk “KICK-OFF MEETING PROGRAMME” konferensiyasida ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar 2023 yil 15-mart kuni soat 09.00 da S.Asfendiyarov nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida konferensiyalar zalida yig‘ilishdi. Dastavval Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti prorektori Klara Baildinova sо‘zga chiqib, universitet xaqida qisqacha ma’lumot berdi va tashrif uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi. Undan sо‘ng “Erasmus Plus”ning Qozog‘istondagi filiali rahbari Laura Paulanova sо‘zga chiqdi. Barchani Qozog‘istonda ushbu dastur doirasida kо‘rib turganidan mamnunligini e’lon qildi. Undan sо‘ng Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti professori Karligash Toguzbayeva sо‘zga chiqib, qatnashchilarga minnatdorchilik bildirgan holda konferensiyani ochiq deb e’lon qildi.

Dastlab kunning birinchi yarmida ishtirokchilar о‘zlarining oliy ta’lim muassasalari haqida ingliz tilida taqdimotlar va videoroliklar kо‘rinishida ma’lumot berishdi. Eng avvalo “Erasmus Plus”ning Qozog‘istondagi filiali rahbari Laura Paulanova “Erasmus Plus”ning Qozog‘istondagi ish faoliyati haqida, Avstriyaning FH JOANNEUM universitetidan Manuela Konrad о‘z  universiteti haqida, Turkiyaning Istanbul Medipol universitetidan Indrani Kalkanlar о‘z universiteti haqida gapirib berdi. О‘zbekiston Respublikasi Buxoro davlat tibbiyot institutidan Ulug‘bek Turdiyev, Qirg‘izistonning О‘sh davlat universitetidan Roman Kalmatov, Tojikiston davlat tibbiyot universitetidan Suhrob Alizodalar о‘z oliy ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni videorolik kо‘rinishida taqdim etishdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi haqida Ra’no Dadabayeva sо‘zga chiqib, TTAning qisqa tarixi, hozirgi vaqtda erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi. Ulardan sо‘ng Qirg‘izistonning Bishkek xalqaro tibbiyot maktabi vakili Jahongir Jaliyev, Tojikistonning Xatlon davlat tibbiyot universiteti professori Jomi Osoyev, Qozog‘istonning Karaganda tibbiyot universiteti professori Lyazat Ibrayevalar ham sо‘zga chiqib, о‘z universitetlari haqida ma’lumot berdi.

Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti vakili Kuanish Karibayev loyiha bо‘yicha о‘z tajriba va tavsiyalari bilan bо‘lishdi. Shundan sо‘ng “BERNICA” loyihasi koordinatori, Qirg‘izistonning Bishkek xalqaro tibbiyot maktabi vakili Kenesh Djusupov loyihaning ilk rejalari haqida gapirib berdi. U taqvim bо‘yicha harakatlar, murabbiylar tayyorgarligi, uskunalar haqida sо‘z yuritdi. Shu bilan birga Indrani Kalkan loyiha uchun hamkorlar harakati, Manuela Konrad esa loyiha doirasida dastlabki mashg‘ulot dasturi haqida tо‘liq tushuntirish ishlari olib bordi. Yuqorida kо‘rsatilgan qatnashchilarning chiqishlaridan sо‘ng, qatnashchilar tomonidan juda kо‘p savollar berildi va maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

16-mart kuni konferensiyaning davomi kun tartibiga rioya qilingan holda о‘tkazildi. Toshkent tibbiyot akademiyasidan Oybek Eshmamatov loyihaning kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish rejasi haqida taqdimot bilan batafsil sо‘zlab berdi. Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetidan Soleh Sharipov loyihaning ichki va tashqi monitoringi, sifat rejasi haqida gapirib berdi. Qisqa tanaffusdan sо‘ng Kenesh Djusupov sо‘zga chiqib, loyihaning tashkil etilishi, boshqaruv kengashi, loyiha boshqaruv qо‘mitasi va murabbiylik va baholash kengashi haqida sо‘z yuritdi, barchani qiziqtirgan savollar bо‘yicha muhokama bо‘ldi. Shundan sо‘ng konferensiya yopiq deb e’lon qilindi.

О‘tkazilgan konferensiya natijasida barcha qatnashchilar bir-birlari bilan tanishib, kelgusida qilinadigan ishlar bо‘yicha tо‘liq tushunchaga ega bо‘ldilar.

Olmota shahriga xizmat safari Olmota shahriga xizmat safari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan