Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi ,Ijtimoiy psixologik qo’llab quvvatlash markazi psixologi, Xotin-qizlar profilaktik inspektori tomonidan ijara uylarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar,ularning yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va tashkil qilinayotgan tadbirlar qizlarning ta’lim-tarbiyasida hamda yuksalishida muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi siyosiy faolligini oshirish haqida so‘z yuritildi.
Tashrif davomida qizlarimizning yashash xonadonlari, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, xonadon egasi bilan munosabatlari o’rganildi.Shu bilan birgalikda yong’in xavfsizligi, elektr va gaz asboblaridan to’g’ri foydalanishlari yuzasidan ham kerakli tavsiyalar berildi.