Hurmatli izlanuvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qaror talablariga muvofiq
Toshkent tibbiyot akademiyasining «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» Mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirganingiz munosabati bilan joriy yil 3-mart kuni soat 14:00-16:00 (vaqt oraligida qabul) Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor F.L.Azizova xonasida (Bosh o‘quv binosi, 4-qavat) ilmiy rahbar va/yoki ilmiy maslahatchingiz bilan birga kelishingiz talab qilinadi. E’tibor bering!
1. Suhbatda qatnashish uchun daraja.ilmiy.uz platformasiga yuklangan hujjatlarning (birlamchi hujjatlar to‘plami)
asl nusxalarini o‘zingiz bilan olib kelishingiz muhim.
2. Suhbat videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va uning hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.
3. Suhbatda sababsiz qatnashmagan yoki hujjatlari talab darajasida yuritilmagan nomzod va uning ilmiy rahbariga nisbatan belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz.
Manzil: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bosh o’quv binosi, 4-qavat
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.
Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limi.