Bu yuksak e’tirof ilm-fan, ijod va jamiyat rivojiga o‘zining aql-zakovati, salohiyati va mehnati bilan hissa qo‘shayotgan iqtidorli qizlarimizga beriladigan eng nufuzli mukofotlardan biridir.
G‘urur bilan aytamizki, bu yil ham ushbu sharafli mukofotga sazovor bo‘lganlar safida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi ham bor!
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – TTA davolash fakulteti 1-bosqich talabasi!
Bu nafaqat uning, balki butun akademiyamizning faxri! Ilmiy-pedagogik jamoamiz va minglab talabalar nomidan Saidani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Kelgusi faoliyatida ham yuksak zafarlar tilaymiz!