Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan hindistonlik bitiruvchilar o‘z yurtlariga qaytib, tegishli davlat idoralarida sertifikatlash va litsenziyalash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tayotganlari haqida minnatdorlik murojaatlarini yubormoqdalar.
Bugungi kunda ular Hindistonning nufuzli klinikalarida shifokor sifatida ish boshlagan bo‘lib, tibbiyot sohasida xalq salomatligiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Yo‘llagan videomurojaatlarida Hindistonlik bitiruvchilar universitetdagi ta’lim jarayonidan chuqur minnatdorlik bildirib, professor-o‘qituvchilarning yuksak mahorati va bilimdonligini, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni alohida ta’kidladilar.
Xorijiy bitiruvchilarning bunday muvaffaqiyatlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida olib borilayotgan ta’lim jarayonining xalqaro talablarga to‘liq javob berishi va universitetning jahon tibbiyot hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolatdir.


