Toshkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi mas’ul xodimlari Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandilar.
Tashrif doirasida universitet mas’ullari texnikum direktori Sobir Tursunov va jamoasi bilan uchrashib, texnikumning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida o‘quv va laboratoriya xonalari, simulyatsiya va axborot resurs markazi, sport zallari, oshxonalar yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.




