O‘zbekiston ilm-fani va tibbiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli olim, akademik Aripov O‘ktam Aripovichning boy ilmiy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlarini keng yoritish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Aripov O‘ktam Aripovich xaftaligi” e’lon qilindi.
Xaftalik doirasida olimning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ilmiy seminarlar hamda maxsus chiqishlar tashkil etiladi.
Tashabbus Doktor Reportyor klubi tomonidan amalga oshirilmoqda.


