Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Turkiyaning Atatürk Universiteti orasida Hamkorlik Shartnoma imzolandi.
Imzolangan Shartnoma qo‘shma ta’lim, ilmiy izlanishlar, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamda birgalikda metodik ta’lim materiallarni rivojlantirish kabi yo’nalishlarda hamkorlikka yo’l ochdi.
Ma’lumot uchun: Atatürk Universiteti 1957 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda 23 ta fakultetda qariyb 90 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bundan tashqari, universitet faol ravishda Yevropa Ittifoqining Erasmus dasturlarida ishtirok etadi.


