Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning fikrlarini tinglash maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligida, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, o‘quv jarayoni sifatini oshirish, ilmiy faoliyatni kengaytirish va talabalar hayotini yanada mazmunli tashkil etish borasidagi takliflarini bildirishdi.

Professor Shuxrat Boymuradov o‘z chiqishida yoshlarning tibbiyot sohasidagi o‘rni va mas’uliyati haqida to‘xtalib, ularni tashabbuskor va innovatsion fikrlovchi mutaxassislar bo‘lishga da’vat etdi. Shuningdek, rektor universitetda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, ilmiy tadqiqot infratuzilmasining takomillashuvi, hamda talabalarning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangiliklarga to‘xtaldi.

Uchrashuv yakunida bir qator dolzarb taklif va g‘oyalar ilgari surildi. Ular universitet rahbariyati tomonidan amaliy jihatdan o‘rganilib, tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlab, talabalarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan