Oʼzbekiston talabalarini Rossiyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi maxsus medal bilan taqdirladi.
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekistondagi elchixonasi ikkinchi sekretari Aleksandr Sazonov ishtirokida yoshlar masalalarida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot doirasida o’zaro munosabatlar, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Oʼzbekiston, Rossiya yoshlar ittifoqlari munosabatlari ijobiy natija koʼrsatayotganligi alohida qayd etildi.
⚡️Favqulotda va muxtor elchi V.Tyurdenev nomidan Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Sobitov Otabekxoʼja Yoʼldosh oʼgʼli va Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Kamilov Jasurbek Dilshod oʼgʼli “За самоотверженную борьбу с коронавирусом ” (“Koronavirusga qarshi fidokorona kurash uchun”) medali bilan taqdirlandi.