“Ustozim – hayotim chirog‘i” mavzusida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha onlayn tanlovi natijalari e’lon qilindi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 2022-yil 12-24 yanvar kunlari “Ustozim – hayotim chirog‘i” mavzusida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha onlayn tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda  talabalar  o‘zlarining  maktabdagi, oliygohdagi, umuman olganda hayotidagi o‘zi ustoz deb bilan o‘qituvchi – murabbiylarining hayot faoliyati, namunaviy ishlari aks etgan insho, maqola va videoroliklarini taqdim etishdi. 50 dan ortiq talabalarimiz o‘z ustozlarini madh etib ijodiy izlanishlarini tanlovga yuborishdi. Tanlov shartlarini to‘g‘ri va namunali qilib yuborgan 3 nafar qatnashchimiz g‘oliblikka erishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

 1-o‘rin – Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi, oliy ma’lumotli hamshira fakulteti – Mo‘minova Odina Shuhratjon qizi – 1 000 000 so‘m;

 

 

 

 

 

 

2-o‘rin –Tibbiy pedagogiika  va xalq tabobati fakulteti 1-kurs talabasi –  Qarshiboyeva Fotima O’tkir qizi -700 000 so‘m;

 

 

 

 

 

 

 

3- o‘rin –  Tibbiy pedagogiika  va xalq tabobati fakulteti 1-kurs talabasi  Majidova Durdona Mirakbar qizi – 500 000 so‘m miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan