TTA haqida

  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tarixiga nazar

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tarixi uzoq 1935 yildan boshlanib, Toshkent shaxrida O‘rta Osiyo universiteti negizida tibbiy fakultet tashkil etilgan bulib, oliy maʼlumotli davolovchi shifokorlar, farmatsevtlar, gigiyenist mutaxassislarini tayyorlagan.

1990 yillarda Toshkent tibbiyot institutining bir necha binolari negizida 2 ta tibbiyot oliygoxlari: Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot va Ikkinchi Davlat Tibbiyot institutlari tashkil topgan.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 29 iyul sanasidagi 178-sonli Karori bilan bekor kilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2005 yil 19 iyul sanasida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tashkil etish tugrisida” gi 3629-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2008 yilning 31 mart sanasida berilgan 18-sonli sertifikatiga asosan oliy taʼlim muassasi makomiga ega bulgan.

Akademiyada 6 fakultet, 50 ta ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik yo‘nalishdagi kafedralar va markaziy ilmiy-tadkikot laboratoriya faoliyat yuritadi.

TTA ning klinik kafedralari akademiyaning kup tarmokli klinikasining davolash-tashxislash bulimlarida joylashgan.

Akademiya koshida ajoyib tibbiyot tarix muzeyi mavjud bulib, istagan kishi O‘zbekiston respublikasi tibbiyotining tarixi, zamonaviy xolati va istikbollari bilan tanishib chikishi mumkin.

Akademiya kafedralarida 1000 ga yakin o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar, ulardan 190 tasi fan doktorlari, 600 dan ziyod fan nomzodlari, akademiklar, xorijiy akademiya ilgor aʼzolari, fan arboblari, xizmat kursatgan shifokor va taʼlim xodimlari.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (Nizomga muvofik) quyidagi asosiy yunalishlarda faoliyat olib boradi:

  • Axoliga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida yukori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash xamda sog‘likni saqlash tizimini izchil takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etish;
  • O‘quv jarayonida ilgor taʼlim texnologik usullarini keng joriy etish natijasida taʼlim tizimiga innovatsion mazmun kiritish;
  • Bulajak shifokor mutaxassislarni ukish jarayonida davolash amaliyotining zamonaviy anik ko‘nikmalarini egallab borishlarini taʼminlash va buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berish;
  • Shifokorlar faoliyatida atrof muxitdagi ekologik uzgarishlarni xisobga olgan xolda profilaktik yo‘nalishni shakllantirish va tibbiyot xodimlarini tayyorlashning istikbolli yo‘nalishlarini belgilab olish;
  • Respublikada oliy maʼlumotli tibbiyot kadrlar tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirishda yetakchi muassasa sifatida respublikadagi barcha tibbiyot o‘quv yurtlari, akademiya filiallari faoliyatini uslubiy nazorat kilib borish va takomillashtirish, shuningdek tibbiyot, sog‘likni saqlash, sog‘lom turmush tarzi targiboti yunalishlarida ilmiy tadkikotlar olib borish;
  • Tibbiyot soxasidagi kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan birga ularga vatanparvarlik, komil insoniylik xis tuygularini yuksak darajada singdirib borish xamda o‘z kasbini egallashdagi intilishlarida maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni xam shakllantirib borish;
  • Tibbiyot kadrlarini tayyorlashda vatanimiz va xorijiy ilgor tajribalarini tizimlashtirish va ularni respublika oliy tibbiy taʼlim jarayoniga tadbik etish.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish

Jadvali

Lavozimi Familiyasi, ismi, sharifi Qabul qilish kuni va vaqti
1. Rektor SHadmanov Alisher Kayumovich Har kuni (0800 -1000)
2. Prorektor Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich Seshanba (1500 -1700)

Juma (1500 -1700)

3. Prorektor Bobomaratov Turdiqul Akramovich Shabna (0800 -1000)

Payshanba (1000 -1200)

4. Prorektor Azizova Feruza Lyutpillayevna Dushanba (1500-1700)

Chorshanba (1500 -1700)

Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori virtual qabulxonasi

Ishonch telefoni: +998 71 1507825

Translate: Eng Рус