Xotin-qizlar qo‘mitasi

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI XOTIN-KIZLAR QO‘MITASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINI TASHKIL QILISH HAQIDA

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005 yil 19 iyul PF-3629 Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-son qarorlari asosida tugatilgan birinchi va ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari negizida tashkil topdi va akademiya  Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotiga asos solindi.

Bugungi kunda akademiyada bakalaviaturaning 6ta fakultetida: davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, oliy maʼlumotli xamshiralik, harbiy tibbiyot, 46 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar taxsil olishmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasida ko‘p millatli xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatadi va taxsil oladilar. Akademiya miqyosida professor-o‘qituvchilarning 58,0% ini ayollar tashkil etadi. Shu jumladan fan doktorlari 53,0 %,  fan nomzodlari o‘rtacha 60,1 % ga to‘g‘ri keladi.

Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar Strategiyasi” ishlab chiqildi va 2017 yil 7 fevraldagi  PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi. Strategiyada  taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni oiladagi, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ayollar xuquqlarini ximoya qilish, xamda  sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish –  davlatimiz oldida turgan eng ustivor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Strategiya talablari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-kizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti 2017-2018 o‘quv yilida  o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab oldi:

-Akademiyada taxsil olayotgan talaba qizlar va faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimlar o‘rtasida samimiy va sog‘lom muxitni  o‘rnatish;

-Xotin-qizlarning, olima ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni oiladagi, jamiyatdagi mavqeini oshirish,  ayollar xuquqlarini ximoya qilish;

-Talaba kizlarni oilaviy xayotga tayyorlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

-Xotin-qizlar o‘rtasida sport ishlarini yanada takomillashtirish;

-Talabalar turar joylari, ijarada turuvchi qizlar o‘rtasida yaqindan muloqot o‘rnatish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni keng ko‘lamda olib borish;

-Talaba qizlar va ayol xodimlarning akademiya ichki tartib-qoidalariga to‘liq  rioya qilishini taʼminlash, ularning muomala madaniyati, kiyinish odobiga bo‘lgan eʼtiborini yaʼnada kuchaytirish;

-Qizlar va ayol xodimlarning xuquqiy ongini oshirish, mafaatlarini ximoya qilish,  ularning maʼnaviy-maʼrifiy madaniyatini ko‘tarish.


Toshkent tibbiyot akademiyasida 2017-2018 o‘quv yilida

 taxsil olayotgan talaba qizlar haqida maʼlumot

Fakultetlar Umumiy talaba qizlar Iqtidorli talaba qizlar Muammoli qizlar TTJda yashaydigan qizlar Ijarada yashaydigan qizlar Mukofotlangan talaba qizlar
 Davolsh 661 23 223 227 2
Tibbiy-pedagogika 209 20 72 20
Tibbiy-profilaktika 191 12 89 10
OMX 259 12 1 160 49 2
Tibbiy biologiya yo‘nalishi 57
Jami 1377 67 1 544 306 4

 


 Toshkent tibbiyot akademiyasida 2017-2018 o‘quv yilida

 faoliyat yuritayotgan ayollar haqida maʼlumot

Fakultetlar Umumiy ayollar Olima ayollar Mukofotlangan ayollar
Davolsh 480 62 2
Tibbiy-pedagogika 66 31 1
Tibbiy-profilaktika va tibbiy biologiya 82 40
OMX 60 6 1
Jami 688 139 4

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI XOTIN-KIZLAR QO‘MITASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI XODIMLARI HAQIDA


Raxmanova Lola Karimovna – tibbiyot fanlari doktori,  TTA 2- son bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti, 1- klinika bolalar kardiorevmatologiya va nefrologiya bo‘limi raxbari, Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-kizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi. 170 dan ortiq nashr qilingan ilmiy ishlar,  bulardan: 2 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma,  2 ixtiro uchun patent, 34 uslubiy qo‘llanma, 1 ratsionalizatorlik taklifi, 1 informatsion xat hamda 100 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalar muallifi. Mehnat faoliyati davomida uning ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari, ixtirolari pediatriyaning dolzarb masalalarini hal etishda keng qo‘llanilmoqda. Raxmanova L.K. tomonidan respublikada birinchi marta revmatoid artritda buyrak zararlanishining immunologik mexanizmi o‘rganilgan, diatezlarda (allergik, limfatik, nerv-artritik) bosqichli immunkorreksiya va erta profilaktika usullari yaratilgan. Bolalar immun-nefrologiyasi sohasida uning tomonidan buyrak patologiyasini o‘rganish bo‘yicha yangicha yondoshuv va innovatsion loyihalar ishlab chiqilmoqda. Raxmanova L.K. tashkilotchi pedagog sifatida talabalarga bilim berishda zamonaviy pedagogik, informatsion texnologiyalar va ingliz tilini  qo‘llashga keng etibor beradi, talimda  amaliyot va nazariyaning o‘zaro integratsiyasini chuqur tadbiq etadi. Milliy va jahon mumtoz adabiyoti va sheriyatiga qiziqadi. Rus va ingliz  tilida erkin so‘zlashadi.


Karimova Barnoxon Normatalievna-Toshkent tibbiyot akademiyasi 2- son bolalar kasalliklari kafedrasi assistenti, guruh kuratori, TTA davolash fakulteti Xotin qizlar ko‘mitasi muovini.

20 dan ortiq nashr qilingan ilmiy ishlar, tezis va ilmiy maqolalar muallifi. Uning ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari  pediatriyaning turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Karimova B.N.  jamoat ishlarida faol bo‘lish bilan birga, talabalarga bilim berishda yangicha pedagogik usullar va informatsion texnologiyalardan keng foydalanadi. Chet tilini o‘rganishga chuqur etibor beradi. Talimda  amaliyot va nazariyani o‘zaro integratsiyasini tadbiq etadi. Iqtidorli talaba qizlar bilan turli tugaraklar tashkil qiladi. Rus va ingliz  tilida erkin so‘zlashadi.

 


Askarova Nargiza Abdivaliyevna– Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi assisenti, TTA tibbiy pedagogika fakulteti Xotin qizlar ko‘mitasi muovini.

Askarova N.A. bir necha  nashr qilingan ilmiy ishlar muallifi. U psixologiya sohasida ilmiy-tadqiqot izlanishini olib bormoqda. Askarova N.A. akademiya jamoat ishlarida faol, talabalarga bilim berishda talabchan va zamonaviy talim-tarbiya usullaridan samarali foydalanadi. Chet tilini o‘rganishga chuqur etibor beradi. Talimda  amaliyot va nazariyani o‘zaro integratsiyasini tadbiq etadi. Badiiy adabiyotga qiziqadi, olima ayollar ijodiy faoliyatini o‘rganib boradi. Rus va ingliz  tilida erkin so‘zlashadi.

 

 


Yuldasheva Firuza Umarovna– Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, fuqarolar muhafazasi kafedrasi assistenti, guruh kuratori, TTA oliy malumotli hamshira fakulteti Xotin qizlar ko‘mitasi muovini.

Bir qator nashr qilingan ilmiy ishlar muallifi. Yuldasheva F.U. akademiya jamoat ishlarida faol bo‘lish birga, talabalarga bilim berishda o‘z ustida tinmay ishlaydi, zamonaviy o‘qitish usullari va ingliz tilini qo‘llashni keng yo‘lga qo‘ygan. Talim-tarbiyada  nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda qo‘llashga etibor beradi. Sport musobaqalariga qiziqadi. Rus va ingliz  tilida erkin so‘zlashadi.

 

 

 


Ashirova Shahnoza Primqul qizi- Toshkent tibbiyot akademiyasi Muharririyat va nashriyot bo‘limi muharriri, TTA Xotin qizlar ko‘mitasi matbuot kotibi. U respublika gazeta va jurnallarida nashr qilingan o‘nlab ilmiy-ommabop maqolalar, hikoyalar va sheriy to‘plamlar muallifi. Ashirova SH.P. akademiya  jamoat ishlarida faol, ijodiy izlanishda o‘ziga nisbatan talabchan. Milliy va jahon adabiyoti durdonalarini  qiziqib o‘qiydi. Chet tilini o‘rganishga chuqur etibor beradi.

 

 

 


 

   

 

Translate: Eng Рус