Transformatsiya Ofisi

Nurmatov Baxriddin Qo'ziboy o'g'li

Nurmatov Baxriddin Qo’ziboy o’g’li

Transformatsiya ofisi rahbari

Tel: +998 99 435 00 36

E-mail: bakhriddinnurmatov@gmail.com

 


Transformatsiya ofisining asosiy vazifalari:

Akademiyada ta’lim va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmon va qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini ta’minlash;

Akademiya rektori va boshqa yuqori turuvchi organlar buyruqlari ijrosini ta’minlash;

Akademiyada ta’lim sifati ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tanqidiy tahlil qilish orqali o‘quv va ilmiy jarayonlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish;

Barcha dekanlar, bo‘limlar, kafedralar va pedagog xodimlar bilan pedagogik muammolar ustida faol ish olib borish;

Akademiyaning Xalqaro fakulteti va Xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan hamkorlikda xalqaro reyting va boshqa turli maqsadlarda IQAC (Establishment of Internal Quality Assurance Cell) a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan ta’lim va tadqiqotlarda yangi vositalar va usullarni o‘rganish va joriy etish;

Xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo‘shma dasturlar samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;

Oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ularni respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Akademiyada yuqori darajadagi ilmiy izlanishlar olib borilishi va sifatli ta’lim jarayonini ta’minlash uchun xorijiy tadqiqotchilar va akademiklarni jalb qilish;

Sog‘liqni saqlash amaliyoti ehtiyojlariga ko‘ra kafedralar, markazlar, institutlar bilan oʻquv reja va oʻquv dasturi hamda ularni xalqaro miqyosda tan olinishi ustida faol ish olib borish;

Akademiya ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarini takomillashtirish;

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan hamkorlikda turli xalqaro reyting agentliklari uchun ma’lumotlarni to‘plash (o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, nashrlar, o‘qitish usullari va boshqalar) va ularni tahlil qilish, shuningdek, ichki sifatni ta’minlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish;

Akademiyada qo‘shma ilmiy loyihalar, qo‘shma doktorlik dissertatsiyalari, bakalavriat va magistratura qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir takliflar kiritish.

 


Yo‘ldoshev Ahrorbek Numan o‘g‘li Yo‘ldoshev Ahrorbek Numan o‘g‘li

Yetakchi mutaxassis

Tel: +998 91 101 23 23

E-mail: axrorbekyoldoshev@gmail.com