Xalqaro xamkorlik bo‘limi

Jafarov Murod Mirzaxidovich

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: +998 71 214-82-91

E-mail: tma.interdep@gmail.com


Isandjanova Feruzaxon Kamoliddinovna
Uslubchi

Tel:


Halqaro aloqalar bo‘limining (HAB) asosiy vazifalari:

Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi;

Akademiya professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun Respublika va xorijiy jamg‘arma, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamg‘armasi, Erasmus +, GIZ, TIKA, JICA, KOICA, KOFIH va boshqa xalqaro tashkilot va taʼlim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining (TTA) halqaro bo‘limi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining halqaro xamkorlik bo‘yicha normativ meʼyorlarga mos ravishda olib boriladi. TTA HAB akademiyaning xalqaro aloqalari bo‘yicha faoliyatini,  tibbiyot xodimlarini mutaxassisliklar bo‘yicha xorijda amaliyot malakasini oshirishlarini, xorijning tibbiyot ilmining eng ilg‘or tajribalarini akademiyada qo‘llash va rivojlantirishni, xorijiy talabalarni o‘qitishni va kasbga tayyorlanishini tashkil qiladi.

Akademiyaning halqaro xamkorlik doirasidagi faoliyatini takomillashtirishb halqaro akademik almashinuvni jadallashtirish maqsadida TTA rektorining 23.09.2005 yildagi № 217 sonli buyrug‘i bilan halqaro aloqalar bo‘limi (HAB) tashkil etilgan.

Akademiyaning halqaro xamkorlik faoliyatini normativ taʼminlash uchun quyidagi xujjatlar ishlab chiqilgan::

  1. TTA HAB faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi;
  2. TTA HAB haqidagi Nizom;
  3. TTA HAB xodimlarining xizmat yo‘riqnomalari;
  4. Chet el fuqarolarini TTAga qabul qilish va o‘qitish haqidagi Nizom;
  5. TTA xodimlari va talabalarini xorijga yuborish tartibi haqidagi Nizom.

HAB Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkiliy tizimidagi o‘rni:

HAB boshliq tomonidan boshqarilib bevosita TTA rektoriga bo‘ysunadigan va 4 yo‘nalishdan tashkil topadi:

Halqaro taʼlim dasturlari va loyihalari yo‘nalishi;

  • Axborot –tahlil yo‘nalishi;
  • Tashkiliy protokol yo‘nalishi.
  • Viza yo‘nalishi.

HABning  FUNKSIYALARI


Halqaro taʼlim dasturlari va loyihalari yo‘nalishi

  • TTA HAB xodimlari va talabalariga halqaro taʼlim dasturlarida ishtirok etish uchun ariza berish bo‘yicha hujjatlarni rejalashtirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat yordamini beradi;
  • Hamkorlikdagi taʼlim dasturi va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkor o‘quv muassalari, jamg‘armalar va halqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatadi;
  • Halqaro taʼlim dasturlari doirasida xorij fuqarolarini (talabalari, aspirantlar, o‘qituvchilar) TTAga qabul qilinishiga ko‘maklashadi, ularni akademiyada taʼlim olishlarini boshqaradi va TTA da bo‘lganliklarini tasdiqlovchi xujjatlar bilan taʼminlaydi.;
  • TTA halqaro taʼlim bo‘yicha faoliyatini rivojlantirish maqsadida grant ko‘magini olish uchun loyiha arizalarini ishlab chiqadi va turli jamg‘arma va tashkilotlarga topshiradi;
  • Halqaro stipendiyali dasturlarni va ularning taʼlim imkoniyatlari bazasini boshqaradi;

  • Axborot – taxlil yo’nalishi
  • TTA Halqaro faoliyatini tahlil qiladi va tegishli hisobotlarni, akademiyani tarkibiy bo‘linmalari va tashqi tashkilotlar so‘rovi bilan axborot maʼlumotnomalrni tayyorlaydi va rahbarga taqdim etadi;
  • TTA fakltetlari, kafedra va boshqa bo‘linmalarning halqaro faoliyatini rejalashtirish va hisobotlar tayyorlash bo‘yicha ishlar olib boradi;
  • TTAga keluvchi taklif qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan barcha chet el fuqarolarini xisobga oladi.;
  • TTaning xorijga ketuvchi xodimlari, magistr va talabalari haqidagi maʼlumotlar bazasini boshqaradi;
  • HAB ning akademiya saytidagi veb sahifalarini saqlash va yangilashni taʼminlaydi.

Tashkiliy – protokol yo‘nalishi

  • TTAda o‘tkaziladigan tantanali marosim va tadbirlarni bayonnomalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
  • TTAga rasmiy tashrif bilan kelgan mexmonlarni qabul qilish bayonnomalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
  • HAB faoliyati doirasida o‘tkaziladigan halqaro konferensiyalarni tashkil qilish va o‘tkazishni amalga oshiradi;
  • TTAga halqaro faoliyat doirasida kelgan xorijiy talabalarni, aspirantlarni va o‘qituvchilarni qabul qilishni tashkillashtiradi;
  • Bo‘lim faoliyati doirasida tashkiliy ishlar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlarni rahbarga taqdim etadi.

Viza yo‘nalishi

  • TTaga keluvchi xorij fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga kirishi uchun taklifnomalarni rasmiylashtiradi;
  • HAB boshlig‘i va rektorning topshirig‘i bilan xorij davlatlari diplomatik vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi TIV vakolatxonasida viza taʼminoti maskanlari bo‘yicha TTA nomidan ish yuritadi.;
  • TTA ga keluvchi taklif qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan barcha chet el fuqarolari hisobga olinadi;
  • TTA ning xorij oliy o‘quv yurtalariga ketayotgan xodimlarga viza olish uchun xujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi.

 

Translate: Eng Рус