Yurist maslahatchi

Shukurov Begzodjon Nurutdinovich

Yurist maslahatchi

Tel: 

E-mail:


Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

TTAning huquqiy qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

TTA tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

TTAning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

TTA xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va axamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, TTAning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya kilinishini taʼminlash.

a) TTA, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda TTA tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan TTAning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

g) TTA tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

d) TTAning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va OT nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, TTAda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

ye) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda TTAning debitorlik va kreditorlik qarzlari axvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;

j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib boradi;

z) TTAning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy ximoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

i) mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda TTAda mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish harajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad xolatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muxofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

l) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.

Translate: Eng Рус