Fakultetlar

Davolash fakulteti

Fakultetda «davolash ishi» taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotli umumiy amaliyot vrachlari tayyorlanadi.
Fakultetda taʼlim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish muddati 6 yil.
Taʼlimning dastlabki 5 yilida talabalar tibbiy-biologik, paraklinik, gumanitar yo‘nalishlaridagi
fanlar bo‘yicha tahsil oladilar. O‘qishning 6 bosqichida talabalarga «Umumiy amaliyot vrachi”
mutaxassisligi o‘quv dasturi bo‘yicha bilim beriladi.
Fakultet bitiruvchilariga «Umumiy amaliyot vrachi” mutaxassisligi beriladi va ular tanlagan ixtisosligi
bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Xalmatova Barno Turdixodjayevna

Tibbiy pedagogika fakulteti

Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘qishni tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada davom ettirishlari ham mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Hamrayev Abror Asrarovich

Tibbiy profilaktika fakulteti

Fakultet – umumiy vrach gigiyenist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Feruza Ibodullayevna

Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muxandisligi va OMX fakulteti

Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishi yoki quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin:

  1. tibbiyot kollejlarda taʼlim ishi;
  2. yetakchi jarrohlik hamshirasi;
  3. yetakchi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi;
  4. tug‘ruq bloklarida (komplekslari) akusherka;
  5. bosh hamshira (hamshiralik ishida menejment).

O‘qish davomiyligi 3 yil.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Eraliyev Umidjan Ergashovich

Malaka oshirish fakulteti

Malaka oshirish fakulteti Toshkent tibbiyot akademiyasining 2015 yil 20 avgustdagi 243-sonli buyrug‘i asosida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Fakultet tarkibiga 2016 yil 4 martdagi 87-sonli buyruqqa asosan 5 ta kafedra kiritildi.

Bular:

  1. 1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi (Ayupova Farida Mirzayevna)
  2. Dermatovenerologiya kafedrasi (Tashkenbayeva Umida Alisherovna)
  3. Travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohlik kafedrasi (Karimov Murodulla Yuldashevich)
  4. 1-son ichki kasalliklar kafedrasi (Nurillayeva Nargiza Muxtarxanovna)
  5. Malaka oshirish kafedrasi (Dadaboyeva Raʼno Qudratovna)

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Zakirxodjayev Rustam Asralovich

Harbiy-tibbiyot fakulteti

Fakultet tibbiy xizmat ofitserlari, rezerv va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Fakultetga davolash fakultetining 4 kurs bitiruvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.

Fakultet boshlig‘i: tibbiyot xizmati podpolkovnigi Axmedov Obidjon Samadovich

Translate: Eng Рус