Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasining to’lov-kontrakt asosida taxsil olayotgan talabalari!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiriari to’g’risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq, 2021/2022 o’quv yilidan boshlab bazaviy to’lov-kontrakt asosida Toshkent tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo’q yolg’iz ayollarni viloyat va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o’qitish joriy etilgan bo’lib, talabgorlar ro’yxati shakllantirilayotganligi haqida xabar beramiz.
Agarda, siz mazkur toifaga mansub bo’lsangiz tegishli dekanat xodimlariga, 2021 yil 8-oktyabri 18:00 ga qadar, xabar berishingiz so’raladi.
Ma’lumot uchun: o’qish uchun to’lov pullari har yili 100 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan to’lab berilishi nazarda tutilgan.