TTA bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bosqichida taxsil olayotgan iqtidorli talabalar quyidagi
Stipendiyalar:
1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri stipendiyasi
2. Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi
3. Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori stipendiyasi
4. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomidagi stipendiya
5. Akademik V.V. Voxidov nomidagi stipendiyasi
6. Akademik U.A. Aripov nomidagi stipendiya
7. Akademik N.M. Majidov nomidagi stipendiya
8. Akademik K.A. Zufarov nomidagi stipendiya
9. Akademik M.S. Abdullaxo‘jaeva nomidagi stipendiya
10. Akademik T. O. Daminov nomidagi stipendiya
11. Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi stipendiya
12. Akademik N.I. Ismoilov nomidagi stipendiya
13. Akademik J.N. Maksumov
14. Akademik J.X. Xamidov
15. Akademik R.A. Raxmanovich nomidagi stipendiya
16. Akademik R.A. Katsenovich nomidagi stipendiya
17. Professor E. I. Ataxanov nomidagi stipendiya
18. Professor Z. I. Umidova nomidagi stipendiya
19. Professor M.A. Mirzamuxamedov nomidagi stipendiya
20. Professor S.N. Babajanov nomidagi stipendiya
21. Professor A.I. Mo‘minov nomidagi stipendiya
22. Professor R. A. Kapkayev nomidagi stipendiya
23. Professor A. X. Alimovich nomidagi stipendiya
24. Professor N.H. Shomirzayev nomidagi stipendiya
25. Professor M. X. Kariev nomidagi stipendiya
26. Professor E. Y. Kasimov nomidagi stipendiya
27. Professor B. X. Magzumov nomidagi stipendiya
28. Professor A.T. Akilov nomidagi stipendiya
29. Professor I. K. Kamilov nomidagi stipendiya
tanlovida ishtirok etib kelishmoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
– a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi;
– ilmiy-tadqiqot ishlarda faol ishtirok etishi;
– Ilm-fan doir yutuqlarga erishganligi;
– o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zarur bilimga ega bo‘lishi;
– ma’naviy-ma’rifiy, sport, tashkiliy va ijodiy tadbirlarida faol ishtirok etishi;
– davlat tilini mukammal darajada va ikkita chet tillarini yaxshi bilishi asosiy
mezonlar etib belgilanadi.
– Bakalavriat yoki magistratura ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda xususiy bo‘lmagan
ilmiy nashrlarda kamida ikkita nashr qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning
mavjudligi talab etiladi.
Talabgorlar tegishli stipediya va nominatsiyalar tanloviga quyidagilarni taqdim
qiladilar:
✔ dekanat tomonidan tasdiqlangan reyting daftarchasi nusdan yoki ko‘chirmasi;
✔ dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
✔ yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tavsiyanomasi;
✔ ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
✔ ilmiy ishlar (tezislar, ilmiy maqolalar, monografiya, uslubiy ishlanmalar,
tavsiyanomalar, mualliflik guvoxnoma, patent va h.k.) ro‘yxati va ularning
bosma nusxalari;
✔ yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya va/yoki tanlovlarda qantashganligi haqidagi
faxriy yorliqlar va diplomlarning nusxalari;
✔ respublika va/yoki xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lganligini
tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari
✔ respublika va/yoki xalqaro grant loyihalar, stajirovka va malaka oshirish va b.
dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi dekanat tomonidan tasdiqlangan
ma’lumotlar (nomi, ishtirok etish darajasi ko‘rsatiladi);
✔ chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatning dekanat tomonidan
tasdiqlangan nusxalari;
✔ respublika va/yoki xalqaro sport musoboqalarida g‘olib bo‘lganligini
tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
* Ushbu ma’lumotlar avvalgi o’quv yiliga tegishli bo’lib, navbatdagi tanlov e’lon qilingach to’liqroq ma’lumot olsangiz bo’ladi.
TTA Iqtidorli talabalar telegram kanaliga a’zo bo’ling https://t.me/ttaiqtidorli