Xotin-qizlar qo‘mitasi

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINI TASHKIL QILISH HAQIDA

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005 yil 19 iyul PF-3629 Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-son qarorlari asosida tugatilgan birinchi va ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari negizida tashkil topdi va akademiya  Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotiga asos solindi.

Bugungi kunda akademiyada bakalaviaturaning 6ta fakultetida: davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, oliy maʼlumotli xamshiralik, harbiy tibbiyot, 46 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar taxsil olishmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasida ko‘p millatli xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatadi va taxsil oladilar. Akademiya miqyosida professor-o‘qituvchilarning 58,0% ini ayollar tashkil etadi. Shu jumladan fan doktorlari 53,0 %,  fan nomzodlari o‘rtacha 60,1 % ga to‘g‘ri keladi.

Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar Strategiyasi” ishlab chiqildi va 2017 yil 7 fevraldagi  PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi. Strategiyada  taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni oiladagi, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ayollar xuquqlarini ximoya qilish, xamda  sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish –  davlatimiz oldida turgan eng ustivor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Strategiya talablari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-kizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti 2017-2018 o‘quv yilida  o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab oldi:

-Akademiyada taxsil olayotgan talaba qizlar va faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimlar o‘rtasida samimiy va sog‘lom muxitni  o‘rnatish;

-Xotin-qizlarning, olima ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni oiladagi, jamiyatdagi mavqeini oshirish,  ayollar xuquqlarini ximoya qilish;

-Talaba kizlarni oilaviy xayotga tayyorlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

-Xotin-qizlar o‘rtasida sport ishlarini yanada takomillashtirish;

-Talabalar turar joylari, ijarada turuvchi qizlar o‘rtasida yaqindan muloqot o‘rnatish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni keng ko‘lamda olib borish;

-Talaba qizlar va ayol xodimlarning akademiya ichki tartib-qoidalariga to‘liq  rioya qilishini taʼminlash, ularning muomala madaniyati, kiyinish odobiga bo‘lgan eʼtiborini yaʼnada kuchaytirish;

-Qizlar va ayol xodimlarning xuquqiy ongini oshirish, mafaatlarini ximoya qilish,  ularning maʼnaviy-maʼrifiy madaniyatini ko‘tarish.


 

 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI XOTIN-KIZLAR QO‘MITASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI XODIMLARI HAQIDA


Raximbayeva Gulnara Sattarovna

Raximbayeva Gulnara Sattarovna.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Asab kasalliklari, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan kafedrasi mudiri.

 


Karimova Barnoxon Normatalievna-Toshkent tibbiyot akademiyasi 2- son bolalar kasalliklari kafedrasi assistenti, guruh kuratori, TTA davolash fakulteti Xotin qizlar ko‘mitasi muovini.

20 dan ortiq nashr qilingan ilmiy ishlar, tezis va ilmiy maqolalar muallifi. Uning ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari  pediatriyaning turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Karimova B.N.  jamoat ishlarida faol bo‘lish bilan birga, talabalarga bilim berishda yangicha pedagogik usullar va informatsion texnologiyalardan keng foydalanadi. Chet tilini o‘rganishga chuqur etibor beradi. Talimda  amaliyot va nazariyani o‘zaro integratsiyasini tadbiq etadi. Iqtidorli talaba qizlar bilan turli tugaraklar tashkil qiladi. Rus va ingliz  tilida erkin so‘zlashadi.

 


 

Tadjibayeva Raʼno Bahodirovna

Tadjibayeva Raʼno Bahodirovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi normal va  patologik fiziologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

 

 

 

 


Kurbanova Shaxnoza Irkinovna

 Kurbanova Shaxnoza Irkinovna                                                        

Toshkent tibbiyot akademiyasi kommunal va mehnat gigiyena kafedrasi Dotsenti

 

 

 

 


Axmedova Sayyora Muxamadovna

Axmedova Sayyora Muxamadovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Odam anatomiyasi, klinik anatomiya  kafedrasi dotsenti

 

 

 

 


Mirzayeva Dilfuza Botirjonovna

Mirzayeva Dilfuza Botirjonovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti

 

 

 

 


Bizni kuzatib boring

   


Xotin-qizlar qo’mitasining ish rejalari va istiqbollari

 


 

Xotin-qizlar va erkaklarning oila va jamiyatdagi ijtimoiy o‘rni

 


Biz zo’ravonlikka qarshimiz

Translate: Eng Рус