Davolash fakulteti 110-guruh talabasi Suyunova Munisa ijodidan «Zulfiya-matonat timsoli asli»…

 

      Toshkent tibbiyot akademiyasi  Davolash fakulteti

110-guruh talabasi Suyunova Munisa

 

       Zulfiya-matonat timsoli asli

Bahorga oshufta bu nozik ko’ngil,

Salobat,sabrni qildi paranji.

O’rik gullaganda otash bo’ldi dil,

Kulib, she’rlarida yig’lardi garchi.

Uning tuyg’ulari misli shabada,

Qirdagi lolani qamrab oladi.

Hislari mavj etar ko’rkam bog’larda,

Abad so’qmoqlarda izi qoladi.

Qalam-u qog’ozlar bo’ldi sirdoshi,

Dardlarin eshitdi yolg’iz so’qmoqlar.

Judolik ko’tardi metin bardoshi,

Bahor kelar bo’ldi uni so’roqlab.

Ne derdim,o’zbek ayolining asl timsoli,

Hali hamon yodda,hamon kuylarda.

Ko’klamgi gulg’uncha,shabnam misoli,

Rang bag’ishlar bo’ldi qalb bog’lariga.

Har asar uning-chun aytar tasalli,

Har bir ijodida iliq muhabbat.

Zulfiya-matonat timsoli asli,

Va bahor kuychisi bo’lar toabat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan