Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,  “1-son Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi nomidan, Abdulla Qodiriy tavalludiga bag`ishlab…

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,  “1-son Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi nomidan, Abdulla Qodiriy tavalludiga bag`ishlab…

Abdulla Qodiriy – yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo‘ygan.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan.  Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi.

1957 yil Abdulla Qodiriy rasman oqlangan. Ammo uni otib tashlanganligi haqidagi ma’lumot (o‘limidan so‘ng oqlanganligi haqidagi ma’lumot kabi) uzoq yillar sir saqlangan! Shunday qilib, 1958 yil “O‘tgan kunlar” romani rus tiliga o‘girilgach, unga Abdulla Qodiriyning o‘limi bilan bog‘liq hech qanday ma’lumotsiz tarjimai xoli yozilgan. Tarjimai xol muallifi – taniqli yozuvchi Izzat Sultonov. “Mehrobdan chayon” romanining rus tiliga sharh yozishga tarjimai xol uchun notanish ma’lumot taqdim etilgan. Unda qisqagina: “Abdulla Qodiriy 1939 yil vafot etgan”, deb yozilgan.

Hozirda Toshkentning markaziy ko‘chalariga, Chorsu yaqinidagi madaniyat bog‘i va Yunusobod metro bekatiga yozuvchining nomi berilgan.

Qodiriyning ijodiy javohiri — “O‘tgan kunlar” (1926) va “Mehrobdan chayon” (1929) tarixiy romanlari – o‘zbek adabiyoti tarixiy mavzuidagi ilk asarlar.

Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo‘lgan qizqishi o‘z xalqining o‘tmishini tushunishga bo‘lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi.

 

Muallif:   katta o`qituvchi Nasiba Xudoyberganova

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan