Toshkent tibbiyot akademiyasida o’quv jarayonlari “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi

Shadmanov Alisher Kayumovich

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida o’quv jarayonlari “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. TTA 1 o’quv binosida joylashgan kafedralarda mazkur darslar akademiyaning barcha raxbar xodimlari, dekanlar va dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. “Mustaqillik darslari”ni 4 soat ma’ruza va 2 soat amaliy mashgulot tarzida vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish tizimlarining mas’ul rahbarlari, taniqli olim va san’at ustalari, yozuvchi-shoirlar, fan arboblari hamda yirik tadbirkorlar, Akademiyaning muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilarini, akademiklar, mehnat faxriylari ishtirokida talabalar bilan erkin muloqot va muhokama shakllarida (soha, viloyat rivoji, yangiliklar, istiqboldagi ishlar, davlat siyosati va boshqa masalalar) olib borilishini tashkil etildi.  Mustaqillik darsi soatlari O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida bo’lib o’tdi. Talabalarga mustaqillik va milliy g’oya targ’iboti, xalqimizning milliy yuksalish yo’lidagi maqsadlari, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g’oyasi hamda “Uchinchi Renessans” tushunchasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va mas’uliyatini tushuntirishga qaratilgan fikr-muloxazalar darsning asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi.

      

        

      

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Sh.T.Beknazarova

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan