Talabalar o‘rtasida tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

15 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi TTA Akademik litseyi zalida talabalar o‘rtasida tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda TTA ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshligi M.Xasanova va Мenejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va оliy ma’lumotli hаmshira fakulteti dekani U.E.Eraliev ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Olmazor tumani yong‘in xavfsizligi hodimlari Z.G’oyibnazarov, Murodov M, Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma’rifat bolimi hodimi M.A.Xasanova, Мenejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va оliy ma’lumotli hamshira fakultetining dekani U.E.Eraliyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini N.X.Abduraxmonovna, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.A.Razzoqov, fakultet tyutorlari va TTAning barcha fakultet talabalari ishtirok ettilar. So‘ngra tadbirga tashrif buyurgan yong‘in xavfsizligi hodimlari  tomonidan is gazidan zaharlanishga doir videorolik talabalar e’tiboriga havola qilindi. Talabalarni is gazidan zaharlanishga oid turli xil qiziqtirgan savollariga soha mutahassislari to‘liq ma’lumot berdi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan