O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Sababi har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Ushbu davlat ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni 1991 yil 18 noyabr kuni qabul qilindi va shu kundan boshlab Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantana bilan nishonlab kelinmoqda.
Shunday tantanalar ayni paytdaToshkent tibbiyot akademiyasida barcha fakultetlarda, barcha guruhlar hamda talabalar turar joylarida keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan g‘ururimiz va fahrimiz bo‘lgan bayrog‘imiz ifodalangan rasmlar, ko‘rgazmalar oliygohimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Poytaxtimizning Halqlar do‘stligi maydonida ayni damda bo‘lib o‘tayotgan tantanalarda ham Toshkent tibbiyot akademiyasining talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqdalar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan