DIQQAT TANLOV!!!

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 2022 yil 12-24 yanvar kunlari «INSON QADRI UCHUN DEGAN EZGU G‘OYANI AMALGA OSHIRISHDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMI, JONKUYAR TIBBIYOT XODIMLARIGA TAYANAMIZ” mavzusiga doir tibbiyot sohasini takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarga asoslangan onlayn tanlov o‘tkaziladi! Ishtirokchi talabalardan tizimli muammo, aniq takliflar va uning yechish mexanizmi ko‘rsatilishi so‘raladi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 1 000 000 so‘m
2-o‘rin: 700 000 so‘m
3-o‘rin: 500 000 so‘m

Taklif va murojaatlarni 2022 yil 24 yanvar kuniga qadar 1295 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilish orqali yoki  tta_yoshlar telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

TTA ma’muriyati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan