Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o'quv binosi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005 yilning 19 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-3629-sonli Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-sonli Qarori bilan bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari bazasida tashkil qilingan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2008 yilning 31 martida berilgan 18-sonli sertifikatiga asosan oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2019-yil 18-dekabrdagi №11, Seriya OT №5000012 seriyali davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat berilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari (nizomga muvofiq):

  • aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va sog‘liqni saqlash tizimini tuzilmasini takomillashtirishda qatnashish;
  • o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy qilish negizida ta’limni yangi mazmun bilan to‘ldirish;
  • bo‘lajak shifokor mutaxasislarni ayni vaqtning o‘zida davolash amaliyotining aniq ko‘nikmalarini egallash bilan o‘qitishni ta’minlash;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, shifokorlar faoliyatida, atrof muhitdagi ekologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, profilaktik yo‘nalganlikni shakllantirish;
  • filiallar faoliyatiga rahbarlik qilish, Respublikada oliy ma’lumotli tibbiyot kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi sifatida mamlakatdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarini ishini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan boshchilik qilish, shuningdek tibbiyot, sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • tibbiyot sohasidagi pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan birga ularga vatanparvarlik va komil insonlik his tuyg‘ularini yuksak darajada, o‘z kasbini egallashga intilish hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish;
  • tibbiyot kadrlarini tayyorlashda vatanimiz va xorijiy ilg‘or tajribalarni hisobga olish, tizimlashtirish va ularni Respublika oliy tibbiy ta’limi tizimiga joriy qilish.

Xodimlar salohiyati
Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi 631 tadan iborat:

  • akademiklar – 2
  • fan doktorlari – 184
  • fan nomzodlari – 274

• professorlar –72
• dotsentlar – 183
• assistentlar-o‘qituvchilar – 376
• doktorantlar – 56
• mustaqil izlanuvchilar – 150
• fan doktorlari (Sc.D.) – 124
• fan nomzodlari (Ph.D.) – 226

Talabalar: 9554

  • bakalavr – 8550
  • magistratura – 621
  • klinik ordinatorlar – 225
  • doktorantlar – 158

Ilmiy salohiyat – 55,4%

 

Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат порталиЯгона интерактив давлат хизматлари порталиЎзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигиЎзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигиZiyoNET таълим порталиЎзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасиКорпоратив харидлар савдо тизимиДавлат харидлари савдо тизимиЎзбекистон Ёшлар иттифоқи 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси

Translate: Eng Рус