TTA tarixi

TURKISTON DAVLAT UNIVERSITETI TIBBIYOT FAKULTETINING TASHKIL ETILISHI

1918-yil 11-iyulda xalq komissarlari Kengashi tarkibida Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi ta’sis etildi. Shu davrdan boshlab Turkistonda tibbiyotiga poydevor qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi o‘z faoliyatining dastlabki yillarida sog‘liqni saqlash sohasida bir necha muhim qarorlar qabul qildi. Ulardan biri – 1919-yil 13-mart kuni “Turkiston Respublikasida davolash muassasalarini boshqarish haqidagi Nizom”ning tasdiqlanishidir. Shu kuni Turkiston Davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1919-yil 17-sentyabr kuni Turkiston Davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida yangi tashkil etilgan tibbiyot fakulteti dekani etib professor P.P. Sitkovskiy, dekan muovini etib K.G. Xrushev saylandi. 1919-1921-yillar fakultetning tashkiliy davri bo‘lib, uning moddiy-texnik bazasi yaratildi. Bu davrda kafedra mudirlari sifatida I.V. Davidovskiy, V.F.Voyno-Yasenetskiy, A.N. Kryukov, P.P. Sitkovskiy, K.G. Xrushev, G.B. Berlatskiy faoliyat yuritganlar. O‘qituvchilar sifatida esa S.N. Naumov, M.I.Prozin, G.G. Sheglov, A.V. Miller, V.K.Arkadyev, I.P. Rojdestvenskiy, S.E. Simmerman, A.A. Yudin, Ye.M. Shlyaxtin, O.B. Lepeshinskaya, I.A. Smorodintsev, M.A.Zaxarchenko, V.V. Vasilyevskiy, M.S. Astrov, M.M. Nevyadomskiy, G.S. Bom, G.A.Ilin, N.I. Ragoza, A.N. Murzin, I.S. Milman, N.I. Osinovskiy, F.I. Valker, S.A. Molchanov, G.N. Terexov va boshqalar faoliyat olib borganlar. 1920-yil 5-mayda tibbiyot fakultetiga 500 o‘rinli harbiy bo‘lim va shifoxona taqdim etildi. Bu davrda tibbiyot fakultetining 5 ta kursida 205 nafar talaba tahsil olgan. Ulardan 5 nafari mahalliy aholi vakillari edi. 1921-yil may oyida fakultetni birinchi 12 nafar, 1922-yilda esa 27 nafar talabalar bitirishgan. Ular orasida mahalliy aholi vakillaridan Z.I. Umidova va A. Doshanovalar bo‘lishgan. Tibbiyot fakultetini ilk yillarda tamomlagan talabalar orasida shuningdek, mahalliy aholi vakillaridan T. Najmitdinov, M. Ismailov, A. Asqarov, Q. Usmonov, M. Mirsagatov, Yu. Ahmedjanov, X. Inoyatov va Sh. Rahimovlar ta’lim olishgan. Keyingi yillarda fakultetga professor K.G. Xrushev (1921–1924) va M.I. Slonim (1924-1926)lar rahbarlik qilgan. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilanib, klinik kafedralarda o‘qitish takomillashtirildi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangi pedagoglar jalb etilgan, jumladan professor N.I. Ragoza (ichki va yuqumli kasalliklar), A.N. Murzin (ko‘z kasalliklari), I.S. Milman (teri va tanosil kasalliklari), N.I. Osipovskiy (bolalar kasalliklari), S.A. Molchanov (rentgenologiya), G.N. Terexov (patologik anatomiya), G.I. Ilin (jarrohlik), S.E.Simmerman (normal anatomiya), V.F.Voyno-Yasenetskiy (operativ jarrohlik va topografik anatomiya), M.S. Astrov (fakultet jarrohligi), D.A.Vvedenskiy (urologiya) va boshqalar. 1923-yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan, ulaning aksariyatini (425 nafar) ayollar tashkil etgan.

Institut joylashgan kadet binosi (1920)

Institut joylashgan kadet binosi (1920)

TURKISTON DAVLAT UNVERSITETI TIBBIYOT FAKULTETINING DASTLABKI TASHKILOTCHILARI

Qisqa vaqt ichida klinikalarning moddiy texnik bazasi yaxshilanib, yangi binolar qurildi. Fakultetda yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etildi. Fakultet ravnaqi rivojiga P.F. Borovskiy (1926–1928), N.I. Ragoza (1928–1929) hamda G.P. Fedorov (1929–1931) kabi fakultet dekanlari katta hissa qo‘shganlar. 1931-yilda tibbiyot fakulteti O‘rta Osiyo mustaqil tibbiyot institutiga aylantirilgan va uning birinchi rektori etib G.P. Fedorov tayinlandi. U yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimiga o‘tkazildi, institut rektori lavozimini esa X.U. Umarov egalladi. 1932-yilda 177 nafar professor-o‘qituvchilar (25 nafar fan doktorlari, 26 nafar fan nomzodlari, 104 nafar assistent-o‘qituvchilar) 1099 nafar talabalarga tahsil berishgan. 1932-yildan 1936-yilgacha institutga B.Sattarov rektorlik qilgan. 1935-yilda O‘rta Osiyo tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlandi. Uning tarkibida davolash profilaktikasi va sanitariya–gigiyenasi, pediatriya, stomatologiya (ichki va yuqumli kasalliklar), A.N. Murzin (ko‘z kasalliklari), I.S. Milman (teri va tanosil kasalliklari), N.I. Osipovskiy (bolalar kasalliklari), S.A. Molchanov (rentgenologiya), G.N. Terexov (patologik anatomiya), G.I. Ilin (jarrohlik), S.E.Simmerman (normal anatomiya), V.F.Voyno-Yasenetskiy (operativ jarrohlik va topografik anatomiya), M.S. Astrov (fakultet jarrohligi), D.A.Vvedenskiy (urologiya) va boshqalar. 1923-yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan, ulaning aksariyatini (425 nafar) ayollar tashkil etgan. TURKISTON DAVLAT UNVERSITETI TIBBIYOT FAKULTETINING DASTLABKI TASHKILOTCHILARI Qisqa vaqt ichida klinikalarning moddiy texnik bazasi yaxshilanib, yangi binolar qurildi. Fakultetda yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etildi. Fakultet ravnaqi rivojiga P.F. Borovskiy (1926–1928), N.I. Ragoza (1928–1929) hamda G.P. Fedorov (1929–1931) kabi fakultet dekanlari katta hissa qo‘shganlar. 1931-yilda tibbiyot fakulteti O‘rta Osiyo mustaqil tibbiyot institutiga aylantirilgan va uning birinchi rektori etib G.P. Fedorov tayinlandi. U yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimiga o‘tkazildi, institut rektori lavozimini esa X.U. Umarov egalladi. 1932-yilda 177 nafar professor-o‘qituvchilar (25 nafar fan doktorlari, 26 nafar fan nomzodlari, 104 nafar assistent-o‘qituvchilar) 1099 nafar talabalarga tahsil berishgan. 1932-yildan 1936-yilgacha institutga B.Sattarov rektorlik qilgan. 1935-yilda O‘rta Osiyo tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlandi. Uning tarkibida davolash profilaktikasi va sanitariya–gigiyenasi, pediatriya, stomatologiya fakultetlari faoliyat boshladi. 1937-yilda institutda 1400 nafar talaba tahsil olgan. Professoro‘qituvchilar tarkibi yildan-yilga kengayib, mazkur institutni bitirgan mahalliy aholi vakillari soni ham ortib bordi. O‘qituvchilar orasida professorlar A.A. Akovbyan (teri va tanosil kasalliklari), A.A. Asqarov, E.I. Ataxanov, G.A. Bussel (terapiya), G.L.Vaynshteyn (akusherlik va ginekologiya), N.I. Ismoilov (terapiya), S.A. Masumov (jarrohlik), A.S. Melik-Karamyan (terapiya), I.G. Gasparyan (ftiziatriya), A.V. Georgiyevskiy (epidemilogiya), A.M. Geller (jarrohlik), I.A. Kassirskiy, T.X. Najmitdinov (tropik kasalliklar), N.N. Kompantsev (farmakologiya), M.F. Mirochnik, O.N. Pavlova, Z.I. Umidova (terapiya), B.A. Stekolnikov (jarrohlik), K.G.Titov (pediatriya), A.Yu. Yunusov (normal fiziologiya), A.I. Magrupov (patologik anatomiya) va boshqalar faoliyat olib borganlar. 1938-1940-yillarda institut rektori lavozimida M.U. Mirsagatov ishlagan. 1940-yil institutga rektor etib B.I. Berliner, 1941-yilda esa R.I.Po‘latov tayinlandi. Bu vaqtga kelib institutning ko‘pgina yangi binolari (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, ortopediya klinikalari) qurildi, mavjudlari ta’mirlandi. 1920-yil institut klinikalarida bemorlarni davolash uchun yotoq o‘rinlar soni 525 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1949-yilga kelib ularning soni 1665 taga yetdi. Bu davrda institut klinikalarida 336 ming nafar bemorlar davolangan. 1941–1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakuatsiya ishlari amalga oshirildi va ko‘plab professor va o‘qituvchilar frontga ketishdi, jumladan D.A. Vvedenskiy, L.D. Vasilenko, A.M.Geller, B.A. Stekolnikov va boshqalar. 1944-yilda institut rektori etib Ya.K. Mo‘minov tayinlandi. Urush yillarida Toshkent Davlat tibbiyot instituti 2122 nafar shifokor tayyorladi, shundan 1630 nafari frontga jo‘nab ketdi. Ular orasida M.A. Ashrapova, M. Muxarramova, S.A. Fayziyev, N.K. Axmedov, M. Akmalov, U. Umarov, V.S. Karpuxina, L.I. Vaskovskaya, L.Ye. Strugatskaya, S.A. Dolimov, F.F. Amirov, N.D. Maxsumov, N.A. Kambulin va boshqalar bo‘lgan. 1945-yil institutga H.Z.Zoxidov rektor etib tayinlandi. Urushdan so‘ng institutda o‘qish 6 yil qilib belgilandi. Bu davrda professor o‘qituvchilar tomonidan yangi o‘quv dasturlari yaratildi. 1947-yilda H. To‘raqulov institut rektori etib tayinlandi. Shu yillar mobaynida institutda 12 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. 1950-yilga kelib Toshkent davlat tibbiyot instituti tarkibida 53 ta kafedra bo‘lib, ularda 40 nafar professorlar, 72 nafar dotsentlar, 206 nafar assistentlar va 42 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib borishgan. Bu vaqtga kelib nashr etilgan ilmiy ishlar soni 4167 ta, jurnal maqolalari soni 1268 ta, monografiyalar soni 127 taga yetgan. Institutda 339 ta dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tgan.

Institut morfologik korpus binosiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi (1962)

Institut morfologik korpus binosiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi (1962)

1950-yil institutga A.G‘.G‘ulomov rektor etib tayinlandi va u 1965-yilgacha institutni boshqardi. 1945–1953-yillarda talabalar soni 2752 tadan 3158 nafarga yetdi. 1960-yillarda institutda 57 nafar fan doktorlari, 18 nafar fan arboblari, 13 nafar respublikada xizmat ko‘rsatgan shifokorlar, 2 nafar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining (A.A.Asqarov, N.I. Ismoilov) va 2 nafar sobiq SSSR tibbiyot fanlari akademiyasining (Z.I. Umidova, E.I. Otaxonov) muxbir a’zolari faoliyat yuritgan. 1965-yil sentyabr oyida institutga akademik K.A.Zufarov rektor etib tayinlandi. Ushbu davrga kelib institutning moddiy-texnik bazasi kengaytirilib, rektoratning yangi binosida joylashgan morfologik bino foydalanishga topshirildi. Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ochildi. 1968-yilga kelib tibbiy xodimlar subordinaturada, 1969-yildan esa amaliyot va klinik ordinatura orqali tayyorlana boshlandi. Kafedralar zamonaviy o‘quv qurollari, o‘quv vositalari, kutubxona esa yangi o‘quv adabiyotlari bilan boyitildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari faollashdi.

1970-yillarda davolash ishi, pediatriya, sanitariya va gigiyena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ortiq talabalar tahsil olishgan. 1971-yilda institutga akademik O‘.A. Aripov rektor etib tayinlandi va ushbu ta’lim dargohida 1984-yilgacha rahbarlik qildi. O‘zbekiston aholisining yarmini bolalar tashkil etganligi sababli, 1972-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti tarkibidagi pediatriya fakulteti ajralib chiqdi va uning negizida O‘rta Osiyo mustaqil pediatriya tibbiyot instituti tashkil etildi, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti deb qayta nomlandi. 1962-yildan boshlab institutda Osiyo, Afrika, Lotin Amerika davlatlaridan kelgan talabalar o‘qishni boshladilar va 1980-yilga kelib ularning soni 170 nafardan oshdi. Bu institutning xalqaro nufuzi yuksalayotganidan dalolat berardi. Institut tashkil etilgan yildan 1970-yilgacha uning xodimlari tomonidan 240 ta monografiyalar, 10 mingdan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 1971-yil 25-oktyabrda sobiq SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga binoan

Morfologik korpus (1966)

Morfologik korpus (1966)

O‘zbekistonda tibbiyot fanini rivojlantirishga hissa qo‘shgan yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun institut “Qizil mehnat nishoni” ordeni bilan taqdirlangan. Talabalar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sababli institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash talab etildi. Shu maqsadda 1972-yilda shaharning Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanida institut yangi majmuasining qurilishi boshlandi. Hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasining asosiy o‘quv binolari, 5000 kishiga mo‘ljallangan 10 ta talabalar yotoqxonasi, 3000 nafar bemorga mo‘ljallangan institut klinikasi binolari, professor va o‘qituvchilar uchun 10 ta ko‘p qavatli xonadonlar, 40 taga yaqin kottejlar qurilishi boshlandi. 70-yillarda institutda 487 nafar xodim faoliyat olib borgan. Shundan 72 nafari professor, 121 nafari dotsent, 654 nafari asssistentlar bo‘lgan. 1980-yillarning oxiriga kelib institutning 80 ta kafedrasida professor va o‘qituvchilar soni 1042 nafarni tashkil etgan, ular orasida 6 nafar akademik, 24 nafar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokorlar, 90 nafar tibbiyot fanlari doktorlari, 552 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari bo‘lgan. Institut xodimlari orasida mehnat qahramonlari, Lenin, Beruniy nomli davlat mukofoti sovrindorlari, xizmat ko‘rsatgan fan arboblari kabilar bor edi. Institut olimlari tomonidan 17 mingdan ortiq ilmiy maqolalar, 330 ta monografiya, 57 ta darslik va 215 ta to‘plamlar chop etilgan. Talabalar uchun o‘quv bazasi sifatida institutga 3200 o‘rinli shifoxona, bir nechta ilmiy-tadqiqot institutlari, respublika klinikalari, Toshkent shahar shifoxonalari, tug‘ruqxonalar, dispanserlar, davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari biriktirilgan. Shu yillar davomida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari, xalqaro aloqalar yaxshilandi. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha, Turkiya, Angliya, AQSh, Ispaniya va Rossiyaning yetakchi tibbiyot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 1984-yilda institut rektori etib professor O.S. Mahmudov, 1987-yilda esa professor N.X. Shamirzayev tayinlandi. Institut talabalari Rossiya va Ukrainaning yetakchi tibbiyot institutlariga qabul qilina boshladi. Bir necha o‘quv bazalarida joylashgan yirik institutni boshqarishdagi qiyinchiliklarni e’tiborga olgan holda 1990-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutni birinchi va ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlariga ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Institut ikkiga ajratilgandan so‘ng, birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori etib O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, professor T.A.Daminov, ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori etib professor X.Yo.Karimov tayinlandi. Dastlab birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida ikkita fakultet – davolash va stomatologiya, ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiyena fakultetlari mavjud bo‘lgan. 1992-yil mart oyida birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch filiali, ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Farg‘ona filiali tashkil etildi. 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-sonli Farmoni bilan birinchi va ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarini birlashtirish orqali Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi, uning birinchi rektori etib akademik Sh.I. Karimov tayinlandi. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qaroriga muvofiq stomatologiya fakulteti Toshkent davlat institutiga aylantirildi. 2018-yil Termiz shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali ochildi.

Translate: Eng Рус