Tel:+998 71 150-7834
 

Rektor tabrigi

Aziz va muhtaram do‘stlar!

Akademiyamizda faoliyat ko‘rsatayotgan hurmatli hamkasblar va ilmga chanqoq talabalar!

Toshkent tibbbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasida tibbiy kadrlarni tayyorlovchi ilg‘or tibbiyot oliygohlaridan biridir. Biz 2005 yildan beri dunyodagi insonparvarlik kasbining mutaxassislarini tayyorlaymiz. Ko‘p yillardan beri akademiyamiz o‘z ishining samaradorligi bilan O‘zbekiston Respublikasida mavjud ilg‘or tibbiyot maktablari orasida birinchi o‘rinda turadi, jonajon o‘quv yurtimiz xalqaro tibbiyot arenalarida va dunyoning bir necha mashhur oliygohlar bilan qo‘rqmasdan bahslasha oladi.

Akademiyada 6 ta – davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, oliy ma’lumotli hamshira va harbiy tibbiyot fakultetlari mavjud.
Toshkent tibbiyot akademiyasi – bu yuksak ilmiy-pedagogik salohiyatga ega, ilm olishning keng imkoniyati, xalqaro aloqalar taraqqiy topgan, jamoatchilik rag‘bati yuksak mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtininig zamonaviy ko‘rinishidir. So‘nggi yillarda akademiyamizda yaxshi an’analar yo‘lga qo‘yildi, bakalavriatura va magitratura mutaxassislarini o‘qitish va dissertatsiyalar himoyasiga yangicha yondashilmoqda, oliygohning moddiy-texnik baza yaxshilandi.

Yevropa va Osiyoning mashhur oliygohlari bilan halqaro hamkorlik qilish yanada ko‘paydi. Oxirgi yillarda TTAda AQSh va Koreya Respublikasi bilan birgalikda talabalarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish maqsadida o‘quv markazi ochildi va bugungi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettiryapti.

Ma’lumki, ta’lim va ilm-fan mamlakatning innovatsion rivojlanish asosi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy sharoitda ilm-fanning roli ancha oshdi. Hozirgi globallashuv asrida ta’lim tizimini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Davlatning raqobatbardoshligi fuqarolarining ta’lim darajasiga bog‘liq.

Bilamizki, siz hayotingizda shifokor bo‘lishdek muhim qarorni qabul qildingiz va oldingizda turgan imtihonlardan qo‘rqmaysiz, tibbiyot fanidagi “granit”lar sizni cho‘chitmasligiga aminmiz.

Akademiyamizning barcha talabalariga rivojlanayotgan dunyo tibbiyotini o‘rganishlarini tilayman, biz bunda sizlarga albatta yordam beramiz.

TTA rektori
t.f.d., prof. Tuychiyev Laziz Nodirovich

Translate: Eng, Рус