Hurmatli foydalanuvchi!

Eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun tanlov «Best IP – 2020»

Intellektual mulk ob’ektlari, jumladan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi uchun berilgan huquqiy muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari, olimlar, tadqiqotchilar, yosh dasturchilar va boshqa huquq egalari

DIQQATIGA!

Tanlov Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag’batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko’maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilmoqda.

Tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanadi:

  • «Eng yaxshi ixtiro»
  • «Eng yaxshi foydali model»
  • «Eng yaxshi sanoat namunasi»
  • «Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi»
  • «Eng yaxshi seleksiya yutugʼi obʼektlari»
  • «Oʼsmirlar oʼrtasida eng yaxshi EHM dasturi muallifi»

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat (Ob’ektlarni baholash va tanlab olish mezonlari):

Tanlovga so’nggi 3 yil (2017-2019 yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.

Tanlovning o’smirlar o’rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominatsiyasi yo’nalishi bo’yicha 18 yoshdan oshmagan (tanlov e’lon qilingunga qadar 18 yoshga to’lgan) o’zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo’lgan shaxslar hujjatlarni topshirishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

  • Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
  • muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi;
  • ob’ektdan foydalanish dalolatnomasi yoki ob’ektni foydalanishga tayyorligi to’g’risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tadbiq qilish dalolatnomasi va sh.k.)

Ilgari o’tkazilgan tanlovlarda mukofotli o’rinlarni egallagan mualliflar yoki huquq egalarining arizalari Nizomga muvofiq o’tkaziladigan tanlovda ko’rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Ishtirok etish uchun hujjatlar ish kunlari soat 9:00dan 17:00gacha quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 59-uy.

Hujjatlar eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun «Best IP – 2020″ tanloviga» deb ko’rsatilgan holda topshirilishi lozim. Ko’rib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.

Shuningdek, tanlovga hujjatlar elektron tarzda tanlov.ima.uz elektron manzilida ham qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0 371) 232-50-13, 232-50-27, 232-50-40.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2020 yilning 20 yanvaridan 2020 yil 10 apreliga qadar qabul qilinadi. Tanlov g’oliblari «26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni» arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov to’g’risidagi batafsil ma’lumot bilan tanlov nizomida tanishishingiz mumkin..

 

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan