KORRUPSIYA – MILLAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Davolash fakulteti

1 kurs talabasi

Farmonov Aziz

 

Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.

 

Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish va eng muhimi, davlat idoralari bevosita xalq ichiga kirib borib, muammolar bilan tanishayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Albatta bu jarayonda rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash hamda ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilindi.
Respublikamizda bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramasdan ming afsuski, ayrim rahbarlar orasida korrupsiyaga berilish, ta’magirlik holatlari uchrab turgani kishini taa’jubga soladi.
Qonunlarni bilmaslik biror kishini jazodan qutilishiga bahona bo‘lolmaydi. Kimdir bilib, kimdir bilmasdan deganlaridek bunday salbiy illatlarning ko‘chasiga kirib qolganliklarini sezmay qoladilar. Achinarli tomoni shundaki, ayrim nufuzli mansab kursisida o‘tirganlar bila-turib korrupsiyaga, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilikka berilib ketayotgani ijtimoiy hayotimizga jiddiy xavf solmoqda.

Dunyo yaralibdiki, insoniyat go’zallikka intilib yashaydi, bir siqim tuproqdan ham butun bir go’zallikni yarata oladi, ariq qazib suv chiqaradi, nihol ekib hosil oladi, mehnat qilib rohatda yashashga harakat qiladi. Inson butun bir koinot sirlarini o’rganishga kirishdi va qaysidir ma’noda o’rgana oldi ham. O’zining ong-u tafakkuri bilan yaratiqlar ichidagi eng oliy mahluqot ekanligini isbotlashga intildi. Mamlakatimiz mustaqillik bayrog’ini qo’liga olgach, qisqa muddat ichida quloch yozib, rivojlana boshladi. Mamlakatimiz yigirma besh yil davomida har tomonlama yuksaldi. O’zining azal-azaldan mavjud bo’lgan qadriyatlarini, o’lmas an’analarini, millat sifatidagi nomini hamda ilm-u tafakkuri bilan dunyoda nom taratgan buyuk ajdodlarning nomini tikladi va adabiyotga muhrladi. Mustaqillik sharofati bilan muqaddas dinimizga alohida e’tibor berildi. Dindonlarimizga shart-sharoitlar yaratildi. Yoshlarimiz ilm-u hunarni ixtiyoriy tanlab Vatan taraqqiyoti, uning ravnaqi va baxt-u iqboli uchun xizmat qilishga bel bog’ladi. Biroq oramizda shunday insonlar paydo bo’ldiki, ular na iymonni, na vijdonni, na onani va na Vatanni biladi. Ular so’zsiz gumrohlardir. Shukrona aytib yashaydigan bu zamonda ochiq ko’zlari bilan ko’rib turib o’z yaqinlari hamda vatandoshlari hayotiga bolta uradigan bunday nokaslar borligi, shubhasiz, insonda nafrat uyg’otadi. Barcha inson ham onadan yalang’och tug’ilib, yalang’och bo’lib bu dunyoni tark etishi isbot talab qilmaydigan haqiqat-ku! Dinni niqob qilib, o’zin-o’zi portlatish, oq sut bergan munis onaning siynasiga hanjar urish, o’zini shaytonning manfaati uchun qurbon qilish terrorizm emasmi?!

Joynamoz ustiga oyoq bilan chiqib bosh urib namoz o’qish, aroqqa to’yib olib Qur’onni tilovat qilish, birovlarning qonini to’kib lazzatlanish, yoshlarga dinni o’rgatish vajida o’zlarini jihodchilar deb, Islom uchun jang qilish kerak deya onasidan bolasigacha, qarisidan yoshigacha qilichdan o’tkazish, qilmishlari qon to’kish va zo’ravonlik bo’lgan bu kimsalarning qilmishlari diniy ekstremizm va terrorizm bo’lmay nima?!

Tinchligimizga, ozodligimizga xavf solib turgan terrorizm-asr illati tahdidlari, ularning shakl- ko’rinishlari qalbimizga nafrat urug’ini qaday boshladi. Eng xavotirlisi, yoshlarimiz ongidagi bo’shliqni topib,” guruch ichida kurmak” singari o’z kindik qoni to’kilgan yurti, xalqi, oilasini, bir suz bilan aytganda, o’zligini, boy va qadimiy ma’naviyatidan tonadiganlar ham bor oramizda.

Terrorizm qayerda bosh ko’tarmasin,uning oqibatida insoniyat boshiga turli kulfat-u musibatlar tushmoqda. Bu balo insoniyat taraqqiyotiga xavf solayotgan ekan, hamma yerda unga qarshi jiddiy va uzluksiz kurash olib borish, amaliy ishga o’tishni talab qiladi. Bu kurashda esa faqat qurol kuchiga ishonishning o’zi yetarli emas, balki inson omiliga, ayniqsa yoshlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmog’i, ularning ongi hamda qalbini asrash uchun harakat qilmog’imiz zarur.

Qaysi mintaqada yashashdan qat’iy nazar, har qanday inson terror nima, terrorchi kim ekanligini yaxshi biladi. Terrorizmning tub ildiziga razm solsak, u o’zligini yo’qotgan johillar kurashi ekanligini yaxshi anglaymiz.

O’zbekiston erkin va ozod diyor. Unga fuqarolarning barcha turdagi huquq va manfaatlari qatori vijdon va diniy e’tiqod erkinligi ham kafolatlangan. Shunday ekan, istiqboli porloq yurtni, yuksalib borayotgan jamiyatimizni ko’z qorachig’idek asrash bugungi kun yoshlariga, qolaversa, qalbida ota-onasiga, farzandiga, eliga, Vataniga nisbatan zarracha muhabbati bor insonlarga ma’suliyat yuklaydi.Bu borada viloyatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Har yili hokimlik vakillari, din peshvolari,qishloq va mahalla ma’sullari hamkorligida o’quv muassasalarida, shahar va qishloqlarda hamda turli tashkilotlarda tadbirlar tashkil etilmoqda. Suhbatlar davomida kishilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, hushyorlik, yurtni asrash, terrorizm va ekstremizmning jirkanch maqsadlari hamda yakunida uning qanaqa oqibatlarga olib kelishi haqidagi fikrlar keng jamoatchilikka, yoshlarga bayon qilinmoqda.

Jaholat. Bu so’zni eshitgan zahotiyoq ko’zimiz qorong’ulikni ko’rgandek, yuragimiz esa ovchi qo’ygan tuzoqqa tushgan qush kabi xavotir bilan pitirlab qoladi. Bilasizmi, bu titroq qo’rquvdan emas, balki jaholat insoniyat yovuzligining naqadar tuban ifodasini anglatishidan dahshatga tushasan kishi! Mana shunday jaholatning qurbonlari, taassufki, bugungi porloq zamonning ertasi bo’lgan kelajak avlodning ildiziga bolta urmoqchi bo’layotgan manqurt kimsalardir.

Mening nazarimda inson uchun birinchi baxt, bu hayotga hazrati inson bo’lib kelish baxt bo’lsa, ikkinchi baxt mustaqil Vatanning ertasi bo’lib yashash baxtidir. Mustaqil Vatan! Qalbida g’urur, iftixor va ona vatanga muhabbati bo’lgan har bir insonni to’lqinlantirib yuboradigan ulug’ va jarangli so’z! bir vaqt mustaqillik nimaligini bilmay, sahroda suv izlagan yo’lovchi kabi o’tib ketgan ota-bobolarimiz orzusidagi kun, bugun emasmi?!

Vatanim, sening qadding tog’lar kabi baland, mehring quyoshdek issiq, jannatmakonim, men uchun xuddi onam yopgan nondek azizsan! Allohga ming bora shukurlar bo’lsinki, Vatanim bugun mustaqil, uning har bir qarichida tinchlik deb atalmish ulug’ ne’matning isi kelib turibdi. Otam doim bir gapni ko’p bora aytadilar:”Bolam, har doim sen uchun berilayotgan ne’matni vaqtida qadriga yeta bilgin”. Bu so’zlar zamirida katta ma’nolarni kashf etasan kishi. Tinchlik ham ulug’ ne’matki, uni doimo qadriga yetish, asrash har bir insonning burchidir. Afsuski, bugungi globallashuv zamonida vatan uchun xizmat qilish oliy sharaf ekanligini tushunish u yoqda tursin, o’z vatanini sotib kelayotgan vatanfurushlarning oramizda borligi achinarli holdir. Vatanfurushlik bu eng katta gunoh, jaholatning daxshatli ko’rinishidir. Jaholatning mana shunday qorong’u ko’chasiga navqiron yoshlarning kirib ketishini nima bilan izohlash mumkin? Xo’sh, bunda kim aybdor? Dunyoga keltirib, o’zi yemay yedirgan, o’zi kiymay kiydirgan sho’rlik ota-onami? Yoki, ularga ertangi kunimizning zabardastlari deb ishonch bildirib turgan, O’zbek degan millatni jahonga tanitishini intizorlik bilan kutib turgan Vatanmi? Bunday og’riqli savolga javob topishda o’ylanib qolasan kishi? Inson tug’ilgan vaqtda, murg’akkina go’dakligida faqrishta kabi bo’ladi. U hech qachon yovuz va yomon bo’lib tug’ilmaydi.  Ulg’ayib, unib- o’sishi natijasida unda fe’l-atvor shakllanadi. Bunda tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir. Dono xalqimiz “ Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishi bejiz emas, albatta. Farzand bamisoli ota-onaning ko’zgudagi aksidir. Agar farzand noqobil bo’lsa, demak shu farzand tarbiyasida nuqson bor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan