Masofaviy ta`lim bo’yicha professor-o`qituvchilar va talabalar uchun so’rovnoma

Hurmatli ustozlar va talabalar!

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan biz masofadan o’qitish tizimiga o’tdik. Jamoat salomatligi, sog’liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi mudiri G.K. Khudaykulova va kafedra assistenti S.M. Mirkhamidova tomonidan TTA professor-o`qituvchilari va talabalari uchun ularning masofaviy ta`limdan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida so’rov o’tkazilmoqda. So’rov natijalari masofaviy o’qitishga o’tish jarayonida o`qituvchilar va talabalar duch kelgan asosiy qiyinchiliklari va muammolarini aniqlashga va ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqishga yordam beradi. So’rovnoma anonim tarzda olib boriladi. Quyida keltirilgan havola orqali so`rovnomaga o`tishingiz mumkin.

O`qituvchilar uchun
http://ph.nursing.tma.uz/2021/01/05/survey-for-teachers-about-distance-learning/

Talabalar uchun
http://ph.nursing.tma.uz/2021/01/05/survey-for-student-about-distance-learning/

TTA ma`muriyati Sizdan bu tadqiqotda faol ishtirok etishingizni so’raydi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan